Samarqand şahrida is gazidan 5 kişi zaharlangan va ulardan 4 nafari vafot etgan. Bu haqda viloyat prokuraturasi ma'lum qilmoqda.
Ma'lum bölişiça, 28 mart kuni soat taxminan 11:00 larda Samarqand şahri «Maqsud Şayxzoda» mahalla fuqarolar yiğini, Lohutiy köçasi 31-uyda vaqtinça yaşovçi 5 nafar şaxs xonadonda örnatilgan isitiş peçi (golland peçi)dan is gazi ajralib çiqişi natijasida zaharlangan.
Oqibatda, 4 nafar fuqaro vafot etib, 1 nafari kuçli zaharlaniş alomatlari bilan Respublika şoşilinç tez tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filialiga yotqizilgan.
Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan Samarqand şahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.
Qoraqalpoğistonda 5 kişi is gazidan zaharlanib vafot etdi
Xorazmda bir oila is gazidan zaharlandi, uç kişi vafot etgan











