Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyati «SES» bo‘lim mudirlari pora bilan ushlandi
Epizotik kasalliklar mavjud emasligi to‘g‘risida ijobiy xulosa berish evaziga pora talab qilgan Toshkent viloyati “SES” bo‘lim mudirlari ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda Davlat xavfsizlik xizmatining Shayxontohur tuman bo‘limlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbir davomida, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Toshkent viloyati boshqarmasi bo‘lim mudiri X.F. “X.D.” xususiy korxonasiga qarashli, O‘rta Chirchiq tumanida joylashgan yer maydonidan olingan namunalar bo‘yicha epizotik kasalliklar mavjud emasligi to‘g‘risidagi xulosani ijobiy hal qilib berish evaziga 800 AQSh dollarini pora tariqasida olgan vaqtida ushlangan.
Bundan tashqari, X.F.ning ko‘rsatuvlariga asosan tadbir davom ettirilganda, boshqarmaning yuqumli kasalliklarga xulosa berishga mas'ul bo‘limi mudiri R.X. X.F.dan 400 AQSh dollarini pora tariqasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan X.F. va R.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilayotgani aytiladi.
Avvalroq, Chirchiq davlat pedagogika instituti kafedra mudiri 2 000 dollar bilan ushlangani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
20:03 / 03.03.2026
Toshkent shahrida IIBBning ikki tezkor xodimi qo‘lga olindi
12:22 / 03.03.2026
FVV xodimiga 30 ming dollar pora taklif qilgan tadbirkor qo‘lga olindi
11:21 / 03.03.2026
Nurafshonda bankomatni ochishga urinish to‘xtatildi, gumonlanuvchi ushlandi
11:13 / 02.03.2026