Davlat statistika qömitasi ma'lumotlariga köra, 2021 yilning ikki oyida import qilingan sement hajmi 2020 yilda import qilingan sementning 1/5 qismiga teng.
Özbekiston sement import qilgan asosiy davlatlar:
- Qozoğiston – 226,7 ming tonna;
- Qirğiziston – 159,5 ming tonna;
- Tojikiston – 134,3 ming tonna.
2021 yilning yanvar-fevral oylarida Özbekistonda 1,3 million tonna sement işlab çiqarilgan.
Eslatib ötamiz, 2020 yil iyulida sement importini soddalaştirişga oid hukumat qarori qabul qilingandi.
Uy-joylar qurilişini stimullaş maqsadida 2021 yilning 1 aprelidan 1 oktyabriga qadar sement mahsulotini (TIF TN kodi 2523) Özbekistonga olib kirişda bojxona bojining nol stavkasi qöllaniladi.
«Tsement işlab çiqariş bu yil 16-17 million tonnaga yetkaziladi. Ammo qurilişlar hajmi ham ikki barobar ortadi va bizda 40 million tonnaga yaqin sement zarurati böladi», degandi boş vazirning birinçi örinbosari Oçilboy Ramatov mart oyi boşidagi selektorda.
Ma'lumot örnida, 2021 yilning dastlabki ikki oyida Özbekistonda jami 10,6 trillion sömlik quriliş işlari bajarilgan, 2020 yilning mos davriga nisbatan ösiş 0,4 foizni taşkil etgan.
Hukumat sement va oynani monopol mahsulot turlari qatoridan çiqarişni möljallagan.











