Samarqand viloyati Bulunğur tumanida «Damas» maşinasi «ZIL» yuk maşinasiga borib urilgan. Oqibatda «Damas» haydovçisi vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar bermoqda.

Ma'lum bölişiça, 25 mart kuni 4R 238 davlat ahamiyatiga ega avtomobil yölining Bulunğur tumani «Oqtepa» mahalla fuqarolar yiğini hududidan ötuvçi 18-kilometrida odam ölimi bilan boğliq yöl-transport hodisasi sodir bölgan. «Damas» maşinasi «ZIL» yuk maşinasiga borib urilgan.

Mazkur yöl-transport hodisasida Bulunğur tumani «Zarafşon» mahalla fuqarolar yiğinida yaşovçi «Damas» haydovçisi olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.

Qayd etilişiça, mazkur hodisa yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi oçilib, hozirda suriştiruv işlari olib borilmoqda. Bundan taşqari, viloyat IIB YHXB xodimlari tomonidan marhum yaşagan «Zarafşon» MFYda aholi örtasida tarğibot işlari olib borilgan.