Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kanadada miyaning noma'lum kasalligiga uchrash holatlari qayd etilmoqda
Kanadada olimlar xotira yo‘qolishi, gallyutsinatsiya va mushaklar atrofiyasiga olib keluvchi avval noma'lum bo‘lgan miya kasalligini o‘rganishmoqda.
The Guardian nashrining xabar berishicha, ushbu kasallik haqida Nyu-Bransuik provinsiyasi sog‘liqni saqlash agentligining shifokorlarga yo‘llagan maktubidan matbuot xabar topgach ma'lum bo‘lgan. Maktubda shifokorlardan belgilari bo‘yicha kam uchrovchi va bosh hamda orqa miya po‘stlog‘i va po‘stloqosti markazlarini zararlovchi Kreytsfeldt-Yakob kasalligiga o‘xshash noma'lum kasallikka chalinish holatlari qayd etilayotgani sababli ogoh bo‘lish so‘ralgan. Biroq birorta bemorda Kreytsfeldt-Yakob kasalligi tasdiqlanmagan.
Ayni vaqtda Kanadada ushbu kasallikka chalinish bo‘yicha 43ta holat qayd etilgan. Shifokorlar bunday ilk holatni 2015 yildayoq qayd qilishgan, 2019 yilda ushbu kasallik 11 kishida, 2020 yilda esa 24 kishida aniqlangan. Ulardan 5 nafari vafot etgan.
Ushbu kasallikka chalinganlar og‘riq, spazmlar his qilganlar, ularda xavotirlanish va depressiya kuzatilgan. 1,5—3 yil ichida simptomlar kuchayib, bemorlarda kognitiv buzilishlar – xotira yo‘qolishi, mushaklar atrofiyasi va bruksizm (uyquda tishlarni beixtiyor g‘ijirlamoq) paydo bo‘lgan. Ba'zi bemorlarda gallyutsinatsiyalar kuzatilgan.
Ta'kidlanishicha, noma'lum kasallikka uchrash bilan bog‘liq aksariyat holatlar Akad yarimoroli va Nyu-Bransuikdagi Monkton shahrida qayd qilingan.
Hozirda tadqiqotchilar guruhi ushbu kasallik va ekologik muammolar orasida bog‘liqlik borligini aniqlashga harakat qilishmoqda.
Mavzuga oid
07:43 / 13.06.2026
Kanada JCh tarixidagi ilk ochkosini qo‘lga kiritdi
16:40 / 12.06.2026
Mundial tanishtiruvi. B guruhi haqida nimalarni bilish kerak?
14:14 / 12.06.2026
Kanada ham bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlamoqchi
22:32 / 09.06.2026