Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oşiruvçi fuqarolarni qöllab-quvvatlaş hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qiliş jamğarmasida yetarli zaxira mablağlarni şakllantirmagan xususiy bandlik agentligi – «Migration-consulting-agency»ning litsenziyasi vaqtinça bekor qilindi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi axborotiga köra, agentlik litsenziyani 2019 yil 6 martda olgan. Uşbu litsenziya jamğarmada yetarli zaxira mablağlari bölmagani bois Toşkent tumanlararo iqtisodiy sudining 2021 yil 9 martdagi hal qiluv qaroriga asosan vaqtinça töxtatilgan.
Agentlik faoliyati hisobraqamida BHMning 8500 baravari miqdoridagi mablağlarni zaxira qilgunga qadar töxtatib turiladi.
2020 yil 13 avgustda yangi tahrirda qabul qilingan «Xususiy bandlik agentliklari töğrisida» qonunga asosan, Özbekistondan taşqarida iş qidirayotgan şaxslarni işga joylaştiriş böyiça xizmatlar körsatiş uçun xususiy bandlik agentliklari zaxira qilinadigan summa sarflangan taqdirda mablağlarning örnini töldiriş, şuningdek, litsenziya tugatilgan yoki bekor qilingan taqdirda mablağni qaytariş şartlari bilan BHMning 8500 baravari miqdoridagi mablağlarni Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oşiruvçi fuqarolarni qöllab-quvvatlaş hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qiliş jamğarmasida zaxira qilib qöyilişi belgilangan.
«Migration-consulting-agency» xususiy bandlik agentligining litsensiyasi zaxira mablağlari yetarli bölmagani sababli 2020 yil noyabr oyida ham vaqtinça töxtatilgan edi. Öşanda yuqoridagi qonun talabini bajarmagan 20ta XBA faoliyati vaqtinça töxtatib qöyilgandi.
Yil boşida sud va litsenziyalovçi organning qarorlari bilan 3 ta XBA faoliyati vaqtinça töxtatilgan, 4 tasiniki bekor qilingan edi.
















