O‘simliklar karantini bo‘yicha davlat xizmatlari faoliyati kuchaytiriladi
Vazirlar Mahkamasining «O‘simliklar karantini bo‘yicha davlat xizmati faoliyati yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Norma’ning yozishicha, hujjatga muvofiq quyidagi hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritildi:
O‘zbekiston hududini o‘simliklar karantinidagi zararli organizmlardan himoya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom (29.01.2018 yildagi 65-son VMQ bilan tasdiqlangan);
O‘simliklar karantini nazoratidagi mahsulotlar uchun fitosanitar sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi nizom (29.01.2018 yildagi 65-son VMQ bilan tasdiqlangan);
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizom (31.01.2018 yildagi 68-son VMQ bilan tasdiqlangan);
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasining O‘simliklar karantini tizimini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom (31.01.2018 yildagi 68-son VMQ bilan tasdiqlangan).
Aniqlashtirilishicha, o‘simliklar karantini bo‘yicha davlat inspektorlari respublikaga avtomobil, daryo va havo transporti hamda temir yo‘l vagonlari va konteynerlari (ilgari – avtomobil, daryo va havo transporti vositalari) orqali olib kirilayotgan o‘simlik karantini nazoratidagi mahsulotlarni hamda pochta jo‘natmalarini qabul qilib olishda bevosita ishtirok etadi. Bunda ushbu transport vositalari o‘simliklar karantini nazoratidagi mahsulotlardan bo‘shatilganidan keyin transport egalari tomonidan, yuk olib borish mo‘ljallangan joyda esa yukni qabul qilib oluvchi tomonidan tozalanishi lozim.
O‘zbekistonga olib kiriladigan va uning tashqarisiga olib chiqiladigan o‘simliklar karantini nazoratidagi mahsulotlar ro‘yxatiga o‘zgartirishlar kiritildi.
O‘zgartirishlar «O‘simliklar karantini to‘g‘risida»gi qonunga va prezidentning 13.10.2020 yildagi «O‘simliklar karantini bo‘yicha davlat xizmati faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-4861-son qaroriga muvofiq kiritilgan.
Tavsiya etamiz
«Arsenal» «Real»ni YeChLdan chiqarib yubordi. Arteta buni qanday uddaladi va «Madrid»ning muammosi nimada?
Sport | 12:20 / 17.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Putinga Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga 3 kun muhlat berdi
Jahon | 00:47
-
O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi KXDRni yirik hisobda yengib, Osiyo Kubogi finaliga chiqdi
Sport | 00:31
-
Kolumbiyada sariq bezgak tufayli favqulodda holat rejimi e’lon qilindi
Jahon | 00:05
-
Noma’lum erkak Floridadagi universitetda otishma uyushtirdi. Qurbonlar bor
Jahon | 23:41 / 17.04.2025
Mavzuga oid

14:21 / 13.03.2025
Toshkentda shifobaxsh o‘simlikdan noyob dori vositasi ishlab chiqarilishi mumkin

13:35 / 21.01.2025
Karantin ostidagi mahsulotni eksport qiluvchilar uchun qulay sharoit yaratiladi

13:52 / 22.11.2024
AQSh O‘simliklar karantini agentligiga 205 ming dollarlik uskunalar topshirdi

14:08 / 05.11.2024