Prezident qarori bilan Nasrullo Boboyev quriliş vazirining örinbosari lavozimiga tayinlangan.

Tayinlovga qadar Nasrullo Boboyev vazirlikning Loyiha-qidiruv taşkilotlari faoliyatini muvofiqlaştiriş boşqarmasi boşliği bölib işlagan.
Bungaça esa «Özbekiston metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyatida istiqbolli rivojlaniş va investitsiyalar böyiça direktor hamda boşqaruv kengaşi a'zosi sifatida faoliyat yuritgan.
Avvalroq Nasrullo Boboyev Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv ombori qayta tiklanişi, loyiha taşkiloti tomonidan loyiha-smeta hujjatlari işlab çiqilgani, unga köra obektda tiklaş işlari ikki bosqiçda amalga oşirilişini aytib çiqqan edi.
Quriliş vazirligi matbuot xizmati Kun.uz’ga bu masala yuzasidan Vazirlar Mahkamasining yopiq (xizmat doirasida foydalaniş uçun) qarori qabul qilinganini tasdiqlagandi.
Eslatib ötamiz, davlat rahbarining 14 yanvardagi qarori bilan Davronjon Odilov quriliş vazirining birinçi örinbosari lavozimiga tayinlangandi.
Quriliş vazirligi 2018 yil aprelida taşkil etilgan bölib, bugungi kunda vazirlikka Botir Zokirov rahbarlik qilmoqda. Hozirga qadar quriliş vazirining birinçi örinbosaridan taşqari yana uç nafar örinbosari bor edi: Kozim Nosiroviç Tölaganov, Şuhratxöja Rahmatjonoviç Hoşimov, Erkin Böriyeviç Iskandarov. Nasrullo Boboyev bilan birga örinbosarlar soni beş nafarga yetdi.










