Jahon hamjamiyatiga ta'sir körsatgan globallaşuv jarayonlarining jadallaşişi (pandemiya, iqtisodiy inqiroz) Özbekiston iqtisodiyoti va jamiyatining keyingi rivojlaniş istiqbollari töğrisida tanqidiy fikr yuritişni talab qiladi.

Şu örinda bir neça savol juda dolzarbdir:

Birinçidan, siyosiy, iqtisodiy va moliyaviy mustaqillikning asosi bölgan texnik va texnologik nuqtayi nazardan Özbekiston qançalik mustaqil.

Ikkinçidan, Özbekiston rivojlangan mamlakatlarga boğliq bölgan texnologik böşliqni qay darajada kamaytirişi va postindustrial iqtisodiyotni yaratişi mumkin, bu globallaşuv jarayonlari tezlaşişi va yakunlaniş davrida mamlakat omon qolişining asosiy şartidir.

Uçinçidan, Özbekiston iqtisodiyoti va uning hozirgi ösiş sur'atlari örta muddatli istiqbolda örtaça jahon standartlariga mos keladimi yoki aholining munosib turmuş darajasini ta'minlay oladimi?

I.M.Gubkin nomidagi Rossiya Davlat neft va gaz (MTU) universitetining Toşkent şaxridagi filiali ilmiy xodimi PHD Zakir Usmanov Kun.uz muxbiri bilan suhbatda globalizatsiya paytida yuzaga kelişi mumkin bölgan böşliqni qanday yengib ötiş mumkinligi haqida fikrlarini bildirdi.

Mutaxassisning ta'kidlaşiça, Özbekistonda muammolarni hal qilişda faqat iqtisodiy nuqtayi nazardan yondaşilmoqda. Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida hozirgi paytda fanlararo ilmiy yondaşuv muammolarni hal qilişda ustunlik qiladi.

Yuqoridagi savollarga javob topişdan oldin, respublika rivojlanişiga ta'sir qilgan omillarni keltirib ötiş kerak.

1. Geografik joylaşuv. Deyarli har qanday mamlakat taraqqiyotida eng muhim jihat geografik omil hisoblanadi. Özbekiston töğridan töğri dengizga çiqiş imkoniyatiga ega emas. Agar Şvetsiya, Koreya va Cingapur kabi mamlakatlar iqtisodiy rivojlanişda ma'lum bir yutuqlarga erişgan bölsalar, bu asosan ularning geografik joylaşuvi bilan boğliq. Sönggi 30 yil içida Özbekiston iqtisodiy rivojlanişda katta yutuqlarga erişa olmaganini asosan, dengizga çiqiş imkoniyati yöqligi bilan boğlaş mumkin. Natijada ham eksport mahsulotlari, ham import tovarlarining narxi bir neça baravar qimmatlaşib ketadi. Import qilinadigan uskunalar va zarur tarkibiy qismlar narxining oşişi tarmoqlarning rivojlanişiga ham ta'sir körsatdi.

2. Tarixiy omil. Sobiq sovet ittifoqi davrida respublika markazga xomaşyo yetkazib beradigan baza vazifasini bajargan. Sanoat deyarli rivojlanmagan. Mamlakatda mavjud ba'zi korxonalar (masalan, Toşkent traktor zavodi)da işlar rus tilida olib borilgan va malakali mutaxassislarning aksariyatini ruslar taşkil qilgan. Mustaqillikdan keyin mamlakat aholisi orasida malakali kadrlar juda kam bölgan va jahon standartlari darajasida işlovçi mutaxassislar bölmagani işlab çiqariş jarayonining yölga qöyilişida katta muammolarni keltirib çiqargan. Natijada bunday iqtisod nafaqat moddiy va boşqa qadriyatlarni, balki talab qilinadigan bilim va könikmalarni töplaşga imkon bermagan. Bu hali ham aholi turmuş darajasiga ta'sir qiladi va mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişini çeklovçi muhim omil hisoblanadi.