Ma'lum bo‘lishicha, departamentning Qarshi shahar bo‘limi tomonidan viloyat IIB va Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, I.M. fuqaro X.ni 2 000 dollar evaziga Milliy gvardiyaning viloyat boshqarmasi tizimiga tanishlari orqali ishga joylashtirib qo‘yishga ishontirib, 1 500 dollarni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Surishtiruvlarda mazkur shaxs avval ham firibgarlik va pora berish kabi jinoyatlari uchun 3 marta sudlangani ma'lum bo‘lgan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan I.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.











