Samarqand viloyati Narpay tumanida sodir bölgan yöl-transport hodisasida ikki nafar şaxs hodisa joyida halok bölgan. Uç nafar şaxs oğir tan jarohatlari olib şifoxonaga yotqizilgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.

2021 yil 29 mart kuni tungi soat 1:30 lar atrofida M37 Samarqand-Buxoro-Aşxobod xalqaro avtomobil yölining Narpay tumani «Çorboy» MFY dan ötuvçi 96 kilometrida ayançli yöl-transport hodisasi röy bergan.

Mazkur yölda Samarqand-Buxoro yönalişi böylab harakatlanib ketayotgan «Kobalt» avtomaşinasi biroz oldinda ketayotgan «Kamaz» yuk maşinasiga borib urilgan. Oqibatda «Kobalt» avtomaşinasida bölgan beş nafar yölovçidan ikki nafari, haydovçi va yana bir şaxs hodisa joyida vafot etgan. «Kobalt»ning yana uç nafar yölovçisi jiddiy tan jarohatlari bilan şifoxonaga yotqizilgan.

Ma'lum qilinişiça, mazkur hodisa yuzasidan jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib, suriştiruv olib borilmoqda. Bundan taşqari hodisa röy bergan mahallada viloyat IIB YHXB mas'ullari iştirokida muhokama ötkazilgan va aholiga yöl-transport hodisalarining oğir oqibatlaridan ogohlantirilgan.