Angliyadagi top o‘yinlardan tashqari, Berlin va Turin derbilari-yu Ispaniya kubogi finali shular jumlasidandir. Uchinchisi, eng quvonarlisi, Yevropa yozgi vaqtga qaytmoqda, demak, futbol tomosha qilgan taqdirimizda ham, avvalgidan bir soat ko‘proq uxlash imkoniyatiga ega bo‘lamiz.

Germaniya Bundesligasi. 27-tur.

3 aprel (shanba)

BORUSSIYa D – AYNTRAXT

O‘yin boshlanish vaqti: 18:30

TV-translatsiya: «Sport»

Bundesligada doim ham chempionlik uchun kurash bo‘lmasligi mumkin, ammo YeChLga yo‘llanma beradigan o‘rinlar uchun da'vogarlar keragidan ortiq topiladi. Dortmundliklarning «Ayntraxt» bilan o‘yini aynan mana shu yo‘llanma uchun olti ochkolik bahslar toifasiga kiradi.

Yozda Sancho kabi qimmatbaho aktivlarini sotmay, «Bavariya» bilan raqobat qilishga urinib ko‘rgan «Borussiya» yanvarni juda yomon o‘tkazdi va nafaqat chempionlik poygasidan, balki kuchli to‘rtlikdan ham chiqib ketdi. Bugungi o‘yindagi mag‘lubiyat esa dortmundliklarni top-4dan 7 ochkogacha uzoqlashtirishi mumkin. G‘alaba esa «Ayntraxt», ya'ni to‘rtinchi o‘rindagi jamoa bilan farqni bir ochkogacha qisqartiradi. «Borussiya» uchun YeChL yo‘llanmasining yana bir muhim tarafi shundaki, ushbu turnirdan chetda qolish Holand, Sancho kabi yulduzlarni Dortmundda olib qolishni qiyinlashtirib qo‘yadi. Ma'lumki, klub bu ikki futbolchidan birini kelasi mavsum uchun ham olib qolmoqchi.

Mezbonlar tarkibida Vitsel, Zagadu, Shmelser kabi futbolchilardan tashqari, Jyeydon Sancho ham maydonga tusha olmaydi. Frankfurtliklar safida esa o‘tgan turda navbatdagi sariq kartochkasini olgan Xasebe diskvalifikatsiyaga uchragan.

Darvoqe, «Ayntraxt» aynan Dortmundda mehmon bo‘lganida oxirgi marta 2010 yilning fevralida g‘alaba qozongan edi. Shundan buyon 10 uchrashuvdan beri hatto durang ham sodir bo‘lmagan, 5 tasida mezbonlar yirik hisobda g‘alaba qozonishgan. Shu 10 o‘yinning 9tasida Dortmund klubi kamida 3 gol urishning uddasidan chiqqan ekan.

Fransiya chempionati. 31-tur.

3 aprel (shanba)

PSJ – LILL

O‘yin boshlanish vaqti: 20:00

TV-translatsiya: