2021 yilning birinchi choragida oltin narxi sezilarli darajada arzonlashdi. Qimmatbaho metall o‘tgan yilning avgust oyidagi eng yuqori ko‘rsatkichdan 19 foizga pasayib ketdi va pandemiya boshlanishidan avvalgi — 2020 yilning fevral oyidagi darajasiga qaytdi.

Ammo oltin uchun muammolar hali ham dolzarb bo‘lib, kutilmagan hodisalar bo‘lib kelmoqda.
Oltin narxining arzonlashishiga qimmatbaho metallning eng yuqori narxga ko‘tarilgan paytdan keyingi SOVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashdagi taraqqiyot ham ta'sir ko‘rsatdi. Vaksinalar ishlab chiqarish va vaksinatsiya jarayoni o‘sha paytdagi kutilmalardan ancha tezroq sodir bo‘ldi.
Shuningdek, joriy yilning birinchi choragi so‘nggi o‘n yilliklardagi obligatsiyalar bozori uchun eng yomon davr bo‘ldi. 1980 yilning birinchi va uchinchi choragidan beri Barclays Treasuries indeksi 4 foizga arzonlashib ketgan. Obligatsiya narxlarining pasayishi o‘z navbatida oltin narxlariga ham bevosita ta'sir ko‘rsatgan.
Tahlilchilarning fikriga ko‘ra, oltin narxlarining pasayishiga kripto-valuta maydonida yangi raqobatchilar paydo bo‘lishi ham ta'sir ko‘rsatgan. Bitkoyn singari kripto-valutalar narxining oshishi va ularga bo‘lgan talabning kuchayishi qimmatbaho metallga bo‘lgan talabni pasaytirgan. Finbold ma'lumotlariga ko‘ra, bitkoyn fyucherslaridagi savdo hajmi tez o‘sib, oltin oldi-sotdisi kamaymoqda.

Oltin himoya aktivi hisoblanib, iqtisodiyotning pandemiyadan qanday chiqishi va obligatsiyalar rentabelligi uning narxlariga ta'sir qiluvchi muhim omillar hisoblanadi.
O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun juda muhim ahamiyat kasb etuvchi oltin eksporti
Markaziy bank ma'lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 10 yil davomida sotilgan nomonetar oltin miqdori 687 tonnani tashkil etgan.














