Polat Maxsetbayev - Nukus tumani hokimining yoşlar siyosati, ijtimoiy rivojlantiriş va ma'naviy-ma'rifiy işlar böyiça örinbosari etib tayinlandi.

Polat Maxsetbayev / Foto: Nukus tumani hokimligi axborot xizmati

Nukus tumani hokimligi axborot xizmati xabariga köra, Polat Maxsetbayev şu kunga qadar, Özbekiston yoşlar ittifoqi Qoraqalpoğiston Respublikasi kengaşi raisi lavozimida işlab kelayotgandi. 

Şuningdek, Azamat Sulaymanov - Çimboy tumani hokimining yoşlar siyosati, ijtimoiy rivojlantiriş va ma'naviy-ma'rifiy işlar böyiça örinbosari lavozimiga tayinlandi.

Azamat Sulaymanov / Foto: Çimboy tumani hokimligi axborot xizmati

Tuman hokimligi axborot xizmatiga köra, tayinlovga qadar Azamat Sulaymanov Çimboy tumani hokimining maslahatçisi lavozimida işlab kelayotgandi.

Eslatib ötamiz, oldin Nukus şahri va Taxiatoş tumani hokimlariga yoşlar siyosati böyiça örinbosarlar tayinlangandi. Ma'lumot uçun, ötgan mart oyida Qoraqalpoğistondagi 5 ta taşkilot rahbariga örinbosarlar tayinlangan.