BBC naşri Efiopiya şimolida kamida 15 kişi halok bölgan qotillik Efiopiya armiyasi tomonidan sodir etilganiga oid ma'lumotlarni e'lon qildi.
Mart oyi boşida ijtimoiy tarmoqlarda qurollangan formali şaxslar bir guruh qurolsiz odamlarni jarlik yoqasiga olib borgani aks etgan video tarqaladi. Videodagi ba'zi odamlar yaqin masofadan öqqa tutiladi, jasadlari esa jarlikdan pastga uloqtiriladi.
BBC Africa Eye guruhi mazkur qirğin mamlakat şimolidagi Tigray yaqinidagi Mahbere Dego şahrida sodir bölganini aniqladi.
Qayd etiş joiz, Tigrayda Efiopiya armiyasi va muxolifatdagi «Tigray ozodlik xalq fronti» (TPFL) örtasida töqnaşuvlar butunlay tinmagan.
Efiopiya armiyasi noyabr oyida muxolif kuçlarga qarşi operatsiya boşlagandi. Boş vazir Abiy Ahmed bu taşkilot harbiylari hukumat armiyasi ştab-kvartirasiga hujum qilganini aytgandi.
Federal hukumat tomonidan mintaqadagi ta'sirni oşiriş böyiça qilingan harakatlariga e'tiroz bildirgan «Tigray ozodlik xalq fronti» armiyaga qarşi turişga qat'iy qaror qilgan.
Tigray Muvaqqat ma'muriyatiga köra, mojarolar natijasida hozirga qadar ikki milliondan ortiq odam öz uyini tark etişga majbur bölgan. Mintaqadagi tört milliondan ortiq odam esa yordamga muhtoj ekani aytilmoqda.
Qurollangan odamlarning soyalari
BBC Africa Eye guruhi qirğin sodir bölgan joyni aniqlaş uçun Bellingcat va Newsy kabi telekanallar mutaxassislari bilan birgalikda iş olib bordi.
Ijtimoiy tarmoqda videolarni tarqatgan odamlar uşbu tasvirlar Mahbere Dego yaqinida suratga tuşirilganini ma'lum qilişdi.

Africa Eye guruhi videolardagi joylarni uşbu hududning sun'iy yöldoş tasvirlari bilan taqqosladi.
Qurollangan kişilarning soya yönalişi va uzunligi qirğin sodir bölgan kun vaqtini aniqlaşga imkon berdi. Şuningdek, kölankalar jarlikning şimoliy-janubiy öqida bölgani aniqlandi.
Videodagi jarlik tasvirlari xaritaga joylaştirildi. Qurigan daryo tubi, hududning ösimlik qoplami va daraxtlarning joylaşiş örni ham qatliomning aniq joyini aniqlaşga imkon yaratdi.


















