Viloyat prokuraturasi axborot xizmati xabariga köra, «Huquq va iste’molçi» gazetasida bu haqda tegişli maqola e'lon qilingan.
Qayd etilişiça, 2020 yil 29 avgust kuni soat taxminan 09:40larda Döstlik tuman IIB ma'muriy binosining nazorat ötkaziş punktida xizmatga jalb qilingan tuman IIB xodimi bölgan marhum Ş.B. öziga biriktirilgan “Makarov” nomli 7230-raqamli jangovar qurol bilan kökrak qismiga bir marotaba öq uzib, tan jarohati olgan.
Jizzax viloyati prokuraturasi ma'lumotiga köra, Döstlik tuman IIB xodimi tuman tibbiyot birlaşmasi jonlantiriş bölimiga yotqizilgan.
“Tuman tibbiyot birlaşmasi xodimlari tomonidan körsatilgan tez tibbiy yordamlarga qaramasdan, Ş.B. soat 10:30larda vafot etgan”, deyiladi xabarda.
Ma'lum qilinişiça, mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.
Avvalroq, Farğonada Milliy gvardiya xodimi xizmat maşinasida odam urib yuborgani, jabrlanuvçi vafot etgani xabar berilgandi.











