Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kuchishlatar organlar xodimlari va oila a'zolarining shaxsiy ma'lumotlarini tarqatganlik uchun javobgarlik belgilanadi
Prezident “Jamoat xavfsizligini ta'minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.
Farmonga asosan ichki ishlar organlari xodimlari va oila a'zolarining ijtimoiy-huquqiy himoyasini hamda uy-joy va maishiy sharoitlarini yanada yaxshilash choralari ko‘riladi.
Quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha huquq-tartibot organlari xodimlarining huquqiy himoyasini kuchaytirishga doir takliflar kiritiladi:
- xizmat vazifasini bajarayotgan huquq-tartibot organlari xodimlarining sha'ni va qadr-qimmatini kamsitish, sog‘lig‘iga shikast yetkazish, shuningdek, qonuniy talablariga bo‘ysunmaslik va faol qarshilik ko‘rsatganlik uchun ma'muriy va jinoiy javobgarlik choralarini kuchaytirish;
- huquq-tartibot organlari xodimlari va oila a'zolarining shaxsiy hayoti to‘g‘risidagi ma'lumotlarni tarqatganlik uchun javobgarlik belgilash;
- ichki ishlar organlari xodimlari va ularning oila a'zolarini davlat tomonidan ijtimoiy-huquqiy himoya qilishning yagona huquqiy asosini, ushbu yo‘nalishdagi kafolatlar va aniq mexanizmlarni nazarda tutgan holda yaratish.
Bundan oldin, qamoqxonalar xodimlari ham bodikamera bilan ta'minlanishi xabar berilgandi.
Farmonga asosan mahkumlarning “elektron nazorati”ni ta'minlovchi axborot texnologiyalarini joriy etgan holda, jazoni ijro etish muassasalari faoliyati bosqichma-bosqich raqamlashtiriladi. Xususan, xodimlar personal videoregistrator (bodikamera) bilan xizmatni o‘tash tartibi tatbiq etiladi.
Mavzuga oid
10:21 / 22.01.2025
Ichki ishlar organlarida ma’muriy konvoy guruhlari tashkil qilinadi
16:02 / 22.04.2024
Ichki ishlar organlari o‘z faoliyatida dronlardan foydalanishni boshlaydi
13:51 / 22.12.2023
IIO navbatchilik qismlarida fuqarolarni alkotester yordamida tekshirish tartibi e’lon qilindi
08:28 / 25.10.2023