Rossiya hukumati qator davlatlardan bölgan talabalar RF hududidagi oliy ta'lim muassasalarida öqişni davom ettiriş uçun mamlakatga kelişiga ruxsat berdi. Bu haqda Rossiya Fan va oliy ta'lim vazirligi matbuot xizmati xabar bergan.
Xabarda aytilişiça, RF hukumatining 31 mart kuni qabul qilingan farmoyişiga köra, Özbekiston, Tojikiston, Venesuela, Germaniya, Suriya va Şri-Lankadan bölgan talabalar, aspirantlar, ordinator va tayyorlov fakultetlari tinglovçilari öqişni davom ettiriş uçun Rossiyaga qaytişi mumkin böladi.
Şuningdek, vazirlik hali Rossiya Federatsiyasiga qaytmagan xorijiy talabalarni qabul qilişga töliq tayyor bölgan davlat ta'lim muassasalari reyestrini şakllantirişi belgilangan.
Xorijiy ta'lim oluvçilarni qabul qilişga tayyor bölgan universitetlar talabalar röyxatini tuziş uçun davlat xizmatlari portali bilan hamkorlik olib bormoqda. Bu talabalar quruqlikdagi nazorat-ötkazuv punktlaridan foydalanişiga imkon beradi, bu esa ularning mamlakatga kirib kelişini osonlaştiradi.
Xorijlik talabalar Rossiyaga kirişidan avval kamida 10 kun oldin elektron poçta orqali universitetni çegarani kesib ötiş sanasi haqida xabardor qilişi lozim böladi. Talaba Rossiyaga kirişdan kamida 3 kun avval koronavirusni aniqlaş uçun test topşirişi (PsR usulida), agar natija manfiy çiqsa, öz mamlakatida rus yoki ingliz tilida tegişli hujjatni olişi kerak.
Bundan taşqari, xorijlik talabalar Rossiya hududiga kirgaç, 72 soat içida takroran PsR-test topşirişi lozim. Test natijalari çiqquniça ular yaşaş joylarida öz-özini yakkalaş tartibiga amal qiladi. Izolyatsiya vaqtida ta'lim onlayn formatda keçadi.
Öz-özini izolyatsiya qiliş davomida Rossiyaga kelgan çet ellik talabalarda ötkir respirator kasalliklarning ilk alomatlari (haroratning oşişi, tomoq oğrişi, şamollaş, yötal) paydo bölsa, ta'lim oluvçi zudlik bilan bu haqda universitetni xabardor qilişi va şifokor çaqirişi lozim.
Talabalar, aspirantlar, ordinatorlar, tayyorgarlik fakultetlari talabalari uçun Rossiyaga kelişidan oldin va undan keyingi birinçi haftalarda nima qiliş kerakligi töğrisidagi bosqiçma-bosqiç körsatmalar ularga elektron poçta orqali yuboriladi, universitet veb-saytlarida va ijtimoiy tarmoqlarda joylaştiriladi.
Talabalarda savollar tuğilsa, Fan va oliy ta'lim vazirligining Situatsion markaziga +7(495)198−00−00 telefon raqami yoki [email protected] elektron poçtasi orqali murojaat qilişlari mumkin.

















