Davlat aktivlarini boshqarish agentligi prezident farmoniga muvofiq xususiylashtirilishi belgilangan 8 ta davlat obektini ommaviy savdoga chiqardi.
Aktivlarning 5 tasi Toshkent shahrida joylashgan. Ular quyidagilar:
- «Poytaxt» biznes majmuasi. 14 qavatli bino, maydoni 34 ming kvadrat metr. Binoda xalqaro konferensiyalar va biznes forumlar o‘tkazish mumkin.
- «Gazetalar ishlab chiqarish majmuasi» binosi. 1,2 gektar yer maydoniga ega. Undan ma’muriy bino va ofis sifatida foydalanish mumkin.
- «Ma’muriy bino» (Sobiq Respublika birja markazi). Umumiy maydoni 1,1 gektar. Binoda savdo, xizmat ko‘rsatish va tomosha konsert faoliyatini yo‘lga qo‘yish mumkin.
- «Malika» savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish majmuasi. Yer maydoni 4,1 gektar. Majmuada 120 dan ziyod tadbirkorlik sub’yekti va savdo markazi faoliyat olib bormoqda.
- «Ichan qal’a» mehmonxona majmuasi. Yer maydoni 0,6 gektar. Otelda 58 ta xona hamda 5 ta alohida kottejlar bor.
Qolgan 3 ta davlat aktivi Toshkent viloyatida joylashgan bo‘lib, ular yil davomida ishlaydi va tayyor biznes shaklida investorlarga taklif etilmoqda.
- «Beldirsoy» dam olish maskani. Yer maydoni 46,1 gektar. Oromgoh 78 o‘ringa mo‘ljallangan mehmonxona va 16 ta kottejdan iborat.
- «Qizil suv sport sog‘lomlashtirish» MChJ. Yer maydoni 5,9 gektar. 110 kishilik 8 ta kottej, konferens zal, mini futbol maydonchasi, suzish havzalari bor.
- «Sijjak» dam olish maskani. Yer maydoni 5,4 gektar. Restoran, kinoteatr, qishki bog‘, bar, sauna, sport zallari, ochiq va yopiq suv inshootlari, kottejlarni o‘z ichiga oladi.





















