Ispaniya chempionatining 29-turida «Barselona» o‘z maydonida «Valyadolid»ni qabul qilib, 90-daqiqada Usmon Dembele tomonidan kiritilgan to‘p evaziga muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritdi. 

«Barsa» ochkolarini 65taga yetkazib, 2-o‘ringa qaytdi. Endi kataloniyaliklar peshqadam «Atletiko»dan 1 ochkoga ortda qolishmoqda. «Valyadolid» 27 ochko bilan 16-o‘rinda qoldi. 

La Liga, 29-tur

Barselona — Valyadolid 1:0
5 vprel, «Kamp Nou»
Gol: Dembele (90). 
Barselona – ter Stegen, Dest (Puch, 87), Mingesa (Arauxo, 63), Langle, Alba, Buskets (Breytueyt, 64), de Yong, Pedri (Moriba, 77), Dembele, Grizmann (Trinkau, 63), Messi. 
Valyadolid – Masip, Nacho Martines, Bruno Gonsales, Olasa, Yanko (Ervias, 65), Mesa, Alkaras, Plano, Sanches, Gvardiola (Markos Andre, 77), Kodro (Valdo Rubio, 85).
Ogohlantirishlar: Grizmann (28), Bruno Gonsales (40), Mingesa (43), Gvardiola (73), Masip (80), Breytueyt (84).
Chetlatish: Plano (79).