«Biz xaridorlarning Özbekistonda işlab çiqarilgan tovarlarga bölgan talabi tobora ortib borayotganini köryapmiz. Qişloq xöjaligi mahsulotlari, şubhasiz, bizning qiziqişimiz markazida bölib turibdi. Hozirning özidayoq özbek meva-sabzavotlarining bizning tarmoğimizga importi hajmi 40 million dollardan oşadi. Şunga qaramay, biz uşbu turdagi hamkorlik salohiyati juda yuqori deb hisoblaymiz», dedi Lobanova.
Xususan, kompaniya 3-4 yil içida import hajmi tört baravarga oşirilişini kutmoqda. Yekaterina Lobanovaning sözlariga köra, buning uçun Özbekistonda vakolatxona taşkil etişga qaror qilindi.
«Avvalo, vakolatxonaning vazifasi şeriklar bilan uzoq muddatli şartnomalar tuziş, özaro aloqalarni yaxşilaş va oçiq muloqot qilişdan iborat böladi. Bundan taşqari, biz uçun nafaqat uzoq vaqtdan beri hamkorlik qilib kelayotgan şeriklar bilan munosabatlarni saqlab qoliş, balki işonçli şeriklar bazasini rivojlantirib, yangi imkoniyatlar va yetkazib beruvçilarni izlaş ham juda muhimdir. Sabzavotlar va mevalar bizni qiziqtirayotgan yagona yönaliş emas. Rossiya bozoriga olib kirilişi mumkin bölgan yangi tovar va mahsulotlarni topişga tayyormiz», dedi kompaniya vakili.
Çakana savdo operatori bölgan «Magnit» kompaniyasi yirik sanoat işlab çiqaruvçisi ham hisoblanadi. Lobanovaning ma'lumotiga köra, kompaniya ötgan yilni rekord körsatkiç - 300 ming tonna işlab çiqarilgan mahsulot bilan yakunladi. Tovarlar orasida asosan qandolat mahsulotlari, makaron mahsulotlari, çoy, qahva va sneklar bor.
«Bu biz özbekistonlik iste'molçiga taqdim etişga tayyor bölgan tovarlar toifasi. Rossiyalik iste'molçi «Magnit» dökonlarida körişi mumkin bölgan narxlarni Özbekistondagi narxlar bilan taqqosladik va narx böyiça biz Özbekistondagi ehtimoliy mijozlarimizga juda raqobatbardoş pozitsiyalarni taklif qilişimiz mumkinligini tuşundik. Bu biznes bilan köp yillar davomida şuğullanib kelyapmiz hamda iste'molçiga köproq nima kerak ekanini bilamiz. Öylaymanki, biz özbekistonlik hamkasblarimiz uçun juda qulay şerikka aylanişimiz mumkin», deya sözini yakunladi Lobanova.

















