«Katta hajmdagi emlaş dasturlariga qaramay, pandemiya bu yil tugaydi deb aniq aytib bölmaydi. Oqibatda sarmoyaviy rejalar ortga surilmoqda va qöşimça qöllab-quvvatlaş töplamlari budjetiga katta yuk bölib tuşmoqda», - dedi u Toşkentdagi «Innoprom» sanoat körgazmasida.
Umrzoqov pandemiya barça mamlakatlar uçun jiddiy çaqiriqqa aylanib, global iqtisodiyotga, xalqaro işlab çiqariş zanjirlariga zarba berganini va rivojlanişga bosim ötkazişda davom etayotganini ta'kidladi.
«Asosiy energiya taşuvçilar va xomaşyoning jahon narxlari pasayişi hamda özgaruvçanligi, aviatsiya bozori va turizm sanoatida inqirozni keltirib çiqargan çeklov çoralarining joriy etilişi va boşqa bir qator omillar dunyoda yalpi mahsulot keskin pasayişi, jahon savdosi hajmi va töğridan töğri investitsiyalarning global oqimi qisqarişiga olib keldi», deya qöşimça qildi vazir.
Bundan taşqari, pandemiya boşlanganidan keyin davlat resurslarining misli körilmagan darajada safarbar qilinişi, şu jumladan budjet va monetar rağbatlantiriş çoralari «jahon iqtisodiyotini deyarli koma holatiga tuşirdi», dedi Umrzoqov.
Uning sözlariga köra, uşbu şaroitda iqtisodiyotni raqamlaştiriş, yuqori texnologiyalarni jadal joriy etiş, sanoat aloqalarini mustahkamlaş va xalqaro kooperatsiyani rivojlantiriş mamlakatlar uçun har qaçongidan ham dolzarb bölib qolmoqda.
«Pandemiya törtinçi sanoat inqilobini, aqlli texnologiyalarni, internet buyumlar va sun'iy intellektni rivojlantirişni tezlaştirişi mumkin bölgan aloqasiz (kontaksiz) iqtisodiyotga ehtiyoj tuğdirdi. Onlayn iş, köngiloçar soha, savdo, davlat boşqaruvi va ta'limga ötiş zamonaviy rivojlanişning tabiiy tendensiyasiga aylanmoqda. Postkovid davrdagi çaqiriqlarga iqtisodiyot raqobatbardoşligini oşiriş uçun texnologik özgarişlarni rağbatlantiriş öziga xos javob bölişi kerak», deya qöşimça qildi Umrzoqov.


















