IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, 2021 yil 2 aprel kuni soat 11:30larda noma'lum shaxs Rishton tumani “Bo‘ston” MFYda joylashgan Xizr Buva ziyoratgohida bo‘la turib, ziyorat uchun kelgan fuqarolar, 54 yoshli Mavluda U.ning kiyimi cho‘ntagidan 600 000 so‘m va 41 yoshli Sohiba Sh.ning sumkasidan 500 000 so‘m pullarini kissavurlik yo‘li bilan yashirin ravishda o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashiringan.

O‘tkazilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni muqaddam sudlangan 35 yoshli Marg‘uba E. sodir etgani aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan va uning yonidan chiqqan 875 000 so‘m pullar xolislar ishtirokida ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Hozirda tergov davom etmoqda, deyiladi ma'lumotda.