«Innoprom» xalqaro körgazmasi dasturidan örin olgan «Energetikada innovatsiyalar» sessiyasida Özbekiston va Rossiya mutaxassislari iqlim özgarişi ta'sirida energetika sanoatining özgarişi, iste'molçilar talablarining ortişi va yuqori texnologiyalarni rivojlantiriş masalalarini muhokama qildi.
«Dunyo» xabariga köra, sessiyada SovTest (Rossiya) işlanmalarining namunalari, xususan, şamol generatori, quyoş panellari va vodorod zavodini öz içiga olgan gibrid elektr stansiyasini yaratiş loyihasi taqdim etildi. Uşbu loyiha Özbekiston tomonidan körib çiqiş uçun taklif qilingan.

«Xitoy 2030 yilgaça transportning katta qismini vodorodga ötkazişni rejalaştirmoqda. Germaniyada ötgan yili vodorod energetikasini rivojlantiriş böyiça maxsus dastur qabul qilindi va 2050 yilga borib nemislar öz iqtisodiyotini karbonsizlaştiriş ustida izlaniş olib bormoqda. Ya'ni ular butunlay dizel yonilğisidan voz keçib, hamma joyda vodorod, şamol, quyoş energetikasidan foydalanadi. Janubiy Koreyada 2040 yilga borib vodorod böyiça milliondan ortiq transport birligi böladi, AQŞda 2020 yil vodorodda işlaydigan zamonaviy yuk maşinalar işlab çiqariş boşlanadi», — dedi Rossiya kompaniyasi boş direktorining örinbosari Denis Urmanov.
Ma'ruzaçiga köra, Rossiyada ham uşbu mavzuga jiddiy e'tibor qaratilmoqda: «Ötgan yili Rossiyada vodorod energetikasini 2024 yilgaça rivojlantiriş töğrisida hukumatning maxsus qarori qabul qilindi», — dedi u.
Ma'lumot uçun, vodorod energiyasi quyidagi örinlarda işlatilişi mumkin:
a) yoqilği sifatida. Vodorod yonişi jarayonida faqat suv buğlari ajralib çiqadi. Yoniş jarayonida olingan issiqlik energiyasi bevosita issiqlik energiyasi sifatida işlatilişi ham, şuningdek, issiqlik elektr stansiyalarida elektr energiyaga aylantirilişi ham mumkin.
b) yoqilği elementlari sifatida. Bu elementda vodorod yoqiş jarayonisiz töğridan töğri elektr energiyasi olinadi. Jarayon natijasida faqat toza suv hosil böladi. Bu elementlardan vodorod avtomobillarda ham foydalaniladi.
Mutaxassislarning fikriga köra, vodorod sanoati kelajakdagi globallaşgan iqtisodiyotning asosini taşkil etişi kutilmoqda. Bunda vodorod hozirgi kömir, neft va tabiiy gazning örnini egallaydi.















