Prezident Şavkat Mirziyoyev «Turizm, sport va madaniy meros sohalarida davlat boşqaruvi tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmonni imzoladi.

Farmonga muvofiq, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi negizida Turizm va sport vazirligi taşkil etildi.

Hujjatda belgilanişiça, Turizm va sport vazirligi turizm, jismoniy tarbiya, sport va madaniy meros sohalarida yagona davlat siyosatini amalga oşiruvçi davlat boşqaruvi organi hisoblanadi.

Turizmni rivojlantiriş böyiça muvofiqlaştiruvçi kengaş Turizm, sport, madaniy meros, transport logistikasi va xizmatlar sohalarida davlat-xususiy şeriklik hamda raqamlaştirişni rivojlantiriş masalalari böyiça muvofiqlaştiruvçi kengaş etib qayta taşkil qilindi.

Kengaş turizm, sport va madaniy meros obektlarining davlat-xususiy şeriklik asosida samarali boşqarilişini hamda mazkur sohalarga zamonaviy axborot texnologiyalari joriy etilişini muvofiqlaştirişi belgilandi.

Şuningdek, Vazirlar Mahkamasining ijro etuvçi tuzilmasida:

  • Boş vazir örinbosari – Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi raisi lavozimi tugatildi;
  • Boş vazir örinbosari – turizm va sport vaziri lavozimi kiritildi;
  • Sport va turizmni rivojlantiriş masalalari kotibiyati Turizm, sport, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyati etib qayta nomlandi va uning boşqaruv xodimlarining umumiy çeklangan soni 15 nafar etib belgilandi;
  • Ta'lim, soğliqni saqlaş, madaniyat, yoşlar, ma'naviyat va jamoat taşkilotlari, mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş masalalari kotibiyati Ta'lim, soğliqni saqlaş, yoşlar, mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş masalalari kotibiyati etib qayta nomlandi va uning boşqaruv xodimlarining umumiy çeklangan soni 18 nafar etib belgilandi;
  • Davlat tilini rivojlantiriş departamenti Ma'naviyat va davlat tilini rivojlantiriş masalalari departamenti etib qayta nomlandi va uning boşqaruv xodimlarining umumiy çeklangan soni 7 nafar etib belgilandi;
  • 10 ta ştat birligidan iborat Madaniy merosni himoya qiliş inspeksiyasi taşkil etildi. Madaniy merosni himoya qiliş inspeksiyasi ştat birliklari Özbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etiş markazining 10 ta ştat birligini qisqartiriş hisobiga şakllantiriladi.

Turizm va sport vazirligi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasining huquqlari, majburiyatlari va şartnomalari, şu jumladan, xalqaro şartnomalari böyiça huquqiy vorisi hisoblanişi belgilandi.