Pandemiyadan keyingi turizm: Özbekiston nimalarga e’tibor qaratişi kerak?
|01:10 / 08.04.202110 42713 min
Pandemiyadan oldin dunyo miqyosida iş bilan band bölgan aholining har öndan biri turizmga aloqador faoliyat turi bilan şuğullangan. Pandemiya sohaga katta ta’sir ötkazdi. Xususan, 2020 yilda Özbekistonda turistik xizmatlar eksportidan tuşgan daromad 80 foizga pasayib ketdi. Pandemiyadan keyingi davrda respublikada turizmni qanday tiklaş mumkin?
Foto: Unsplash.comFoto: Unsplash.com
Turizm SOVID-19 pandemiyasi davrida eng köp zarar körgan sohalardan biri hisoblanadi. Birlaşgan millatlar taşkilotining Jahon sayyohlik taşkiloti (UNWTO) ma’lumotlariga köra, sayyohlarning taşrifi 2020 yilda 2019 yilgi körsatkiçga nisbatan 74 foizga kamaygan. Pandemiyadan oldin turizm yirik biznes hisoblanib, global yalpi içki mahsulotning 10 foizidan köproğini taşkil qilgan. Turizmga boğliq yoki ixtisoslaşgan mamlakatlarda bu uluş yanada köproqni taşkil etadi.
Özbekiston iqtisodiyotida turizmning ahamiyati qay darajada?
Özbekistonda 2019 yilda turistik xizmatlar eksportidan tuşgan daromad 1,3 milliard dollarni taşkil qilgan. Bu mamlakat yalpi içki mahsulotining umumiy uluşida 2,3 foizni taşkil qilgan. Şuningdek, eksportning umumiy uluşida 7,3 foizni egallagan.
Ma’lumot uçun, pandemiya boşlangan davrga qadar turizm sohasida doimiy ösiş kuzatilgan. Xususan, turistik xizmatlar eksportidan tuşgan daromad 2017 yilda 547 million dollarni (YaIMning 0,9 foizi), 2018 yilda esa 1,04 milliard dollarni (YaIMning 2,1 foizi) taşkil qilgan.
Joriy yilning yanvar oyida AOKAda ötkazilgan brifingda Turizmni rivojlantiriş qömitasi raisi Aziz Abduhakimov (endilikda Turizm va sport vazirligi) 2020 yilda turistik xizmatlar eksportidan tuşgan daromad 261 million dollarni taşkil etib, mamlakatga 1 million 504 ming turist taşrif buyurganini aytib ötgan.
«2021 yilda barça işlarni umumiy raqamlar orqali emas, aniq rejalar va reysma-reys yönaliş böyiça batafsil hisob-kitob asosida amalga oşirmoqçimiz, ziyorat turizmiga köproq e’tibor qaratmoqçimiz. 2021 yilda Özbekistonga 1 million 700 ming nafar xorijiy sayyoh taşrifini ta’minlaş böyiça reja qilingan va keladigan daromad 370 million dollar bölişi kutilyapti», deb ta’kidlagan Aziz Abduhakimov.
Endi bu raqamlarni 2019 yildagi «pandemiyasiz dunyo»dagi holat bilan taqqoslaydigan bölsak, 2020 yilda turistik xizmatlar eksportidan tuşgan daromad 80 foizga pasaygan. Agar 2021 yilda vaksinatsiya jarayonlari tezlaşib, qömita tomonidan e’lon qilingan prognozlar özini oqlasa, sohadan keladigan daromadlar 2019 yildagi körsatkiçlarning 28 foizi miqdorida tiklanişi mumkin.
Bundan taşqari, turizm iqtisodiyotning boşqa tarmoqlari: transport, mehmonxonalar biznesi, umumiy ovqatlaniş, savdo-sotiq sohalarida ham ikkilamçi talabni yuzaga keltirişi natijasida iqtisodiyotga jiddiy zarar yetkazgan.
Mavzuga oid
Bu sohadagi asosiy kamçiliklar nimada?
Özbekistonga taşrif buyurgan turistlarning köpçiligi geolokatsiya yaxşi yölga qöyilmaganini ta’kidlaşadi. Turistlar mamlakatga mustaqil taşrif buyuruvçi sayyoh özi istagan joyga borişda va istagan narsasini topişda qiyinçiliklarga duç kelişini aytişgan. Mamlakatda pandemiyadan keyingi davrda bu sohani isloh qiliş juda ham muhim hisoblanadi.
«Özbekistonda internet sifati örtaça körsatkiçdan past. Metropoliten mehmonxonalari va kafelarida Wi-Fi juda zaif yoki şunçaki ulanmagan. Taşqi dunyo bilan aloqa qilişda sizda jiddiy muammolar bölişi mumkin. Bularning hammasi internet sifatiga borib taqaladi», deb ta’kidlagan Özbekistonga 2019 yil oxirida taşrif buyurgan fransuz sayyohi.
Mamlakatga taşrif buyurgan turistlar fikriga köra, Özbekistonga sayohat qilişdagi eng katta noqulaylik röyxatdan ötiş bilan boğliq. Mamlakatga kiriş va çiqiş uçun, hatto mehmonxonada joylaşiş va tark etiş jarayonida ham alohida blanka töldiriladi. Şuningdek, Özbekistonda valutani xususiy ayirboşlaş şoxobçalari mavjud emas va uni faqat banklarda va ixtisoslaşgan ayirboşlaş xizmatlarida almaştiriş mumkinligi keltirib ötilgan.
Bundan taşqari, mamlakatda mehmonxonalar va transport narxi oziq-ovqat va boşqa mahsulotlar (kiyim-keçak, içimliklar, sovğalar v.b.) bilan taqqoslanganda ança qimmat hisoblanadi. Mamlakat hududlarini bir-biri bilan boğlaşda muammoli vaziyatlar mavjud (masalan, turistik mavsumning eng qaynoq paytlarida ham Şahrisabzdan Xivaga töğridan töğri aviaqatnovlar yölga qöyilmagan).
«Aviasales» tahlilçilariga köra, ötgan yilda içki reyslarning örtaça narxida 18 foiz ösiş kuzatilgan.
Pandemiyadan keyingi davrda Özbekistonda turizmni qanday tiklaş mumkin?
AQŞ Global media agentligi (U.S. Agency for Global Media) bilan hamkorlikda taşkil etilgan treningda ma’ruza qilgan xalqaro konsultant, sobiq diplomat Temuri Yakkabaşvilining ta’kidlaşiça, bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar reklama uçun eng arzon va qulay hisoblanadi, ammo internetda Özbekiston haqida töliq ma’lumot olişning iloji yöq.
«Mehmonlar uçun ikki va uç yulduzli mehmonxonalar tizimini kengaytiriş kerak. Özbekistonda turistlarga nisbatan «boy qatlam» sifatida qaralib, doimiy ravişda ularga qimmat xizmatlar taqdim qilinadi. Ammo statistik ma’lumotlar yaxşilab örganilsa, ularning aksariyati 60 yoşdan oşgan va iloji boriça örtaça xarajatlarni xohlovçi qatlam vakillari hisoblanadi. Transport xizmati sifati va narxlariga ham alohida ahamiyat beriş judayam muhim», dedi Temuri Yakkabaşvili.
Yana bir muammoli vaziyat mehmonxonalar tarmoği bilan boğliq. Bu içki turizmning rivojlanişida ham juda muhim omil hisoblanadi. Kun.uz muxbiri bilan suhbatda Turizmni rivojlantiriş assotsiatsiyasi raisi Dilşod Odilov mehmonxonalar qimmatligini izohlagan.
«Butun dunyoda xizmat sektorida, xususan, mehmonxona tarmoğida qöşimça qiymat soliği mutlaqo yöq yoki juda ham katta farq bilan iqtisodiyotda örnatilgan QQSdan past stavkada belgilangan. Masalan, turizmi yaxşi rivojlangan Turkiyada QQS 18 foiz qilib belgilangan, ammo mehmonxonalar uçun 8 foiz. Germaniya, Gretsiya, Fransiya – hammasida mehmonxonalar uçun QQS kamida 2 barobar past.
Bizda bir xil 15 foizlik stavka belgilangan. Lekin Özbekistonda qöşimça qiymat soliği mavzusini kötarişga yuqoriroq turadigan taşkilotlarning «allergiya»si bor. Çunki QQS davlat budjetiga asosiy tuşum keltiradigan soliq hisoblanadi. Özbekistonda mehmonxonaning soliq yuki biz olgan raqamlar böyiça 37 foizga töğri keldi. Bunça soliq yuki bölişi juda katta raqam. Natijada mehmonxona xizmatlari narxini 37 foizga köpaytirişga töğri keladi.
QQS tufayli, Turkiya va Özbekistondagi bir mehmonxonaning egasi bir xil pul topgan taqdirda, Turkiya mehmonxonasi Özbekistondagi mehmonxonadan 10 foiz arzon böla oladi. Masalan, Turkiyada bitta xona 90 dollar bölsa, Özbekistonda aynan şunça pul topiş uçun xonani 100 dollarga sotiş kerak. Bu mehmonxona egasining aybi emas, bu tizimning xatosi», deb ta’kidlagan Dilşod Odilov.
Hozirda mamlakatda mehmonxonalarga subsidiyalar beriş muddati 2023 yilning 31 dekabrigaça uzaytirildi. Bu post-pandemiya davrida tarmoqning jon saqlab qolişi uçun ahamiyatli hisoblanadi.
Yana bir narsaga e’tibor qaratiş kerak. Özbekistonga kelayotgan sayyohlarning juda katta qismida mamlakatning madaniy va tarixiy merosiga qiziqişi yuqori. Şu örinda bitta narsaga ahamiyat beriş muhim. Statqöm ma’lumotlariga köra, 2010 yildan beri Özbekistonda birorta muzey taşkil etilmagan. Madaniy turizmga boğliq bölgan mamlakatda bunday holatning kuzatilişi ajablanarli.
Madaniy turizm köproq «bir martalik» taşriflarga ixtisoslaşgan. Şu sababli qöşimça ravişda biznes turizm (mamlakatning qişloq xöjalik potensialidan kelib çiqib), ziyorat turizmi, ekoturizm, sport turizmi kabi yönalişlarga alohida ahamiyat qaratiş kerak.
Bundan taşqari, özbek oşxonasi doimiy ravişda turistlarning e’tiborida bölib kelgan. Bu tarmoqni rivojlantiriş istiqbolli hisoblanadi.
«Oziq-ovqat mahsuloti Özbekistondagi boy tarix va madaniyatning katta qismidir. Hayotiy va ijtimoiy voqealar ovqatlaniş bilan boğliq», deyilgan Özbekiston haqidagi maqolada.
Respublikada ziyorat turizmi böyiça istiqbolli rejalarni amalga oşirişda katta salohiyat mavjud. Xususan, aholisi soni köp bölgan musulmon davlatlardan (Indoneziya, Pokiston, Malayziya, Turkiya, Bangladeş), şuningdek, Rossiyaning islom diniga e’tiqod qiluvçi sub’yektlaridan sayyohlarni jalb qiliş sohaga katta imkoniyatlar oçib beradi. Bunda kelayotgan insonlarda ijobiy taassurot uyğotişning ahamiyati yuqori. Ammo bunda kelayotgan insonlarga qulay şaroit yaratiş kerak. Ammo ba’zi ziyorat yodgorliklarida tahorat olişga yetarli şaroit yaratilmagani yoki tahorat olişning pullik ekani bu yönalişda ijobiy turistik imijni şakllantirişga xalaqit berişi tabiiy.
Bundan taşqari, halol standartlarni tatbiq qilişda kamçiliklar bor. Özbekistonda bu borada köproq oziq-ovqat mahsulotlariga nisbatan bu talablar qöllanişiga urğu beriladi, ammo taşrif buyuruvçilar talablarida mehmonxona xizmatlarida (yuviniş vositalari, matolarning kimyoviy tarkibi) ham bu borada e’tiborliroq bölişga nisbatan e’tirozlar mavjud. Şuningdek, aeroportlar va temir yöl vokzallarida namozxonalar sonini köpaytiriş maqsadga muvofiqdir.
Din işlari böyiça qömita ma’lumotlariga köra, hozirda Turkiyada 30 milliondan ziyod Naqşbandiya tariqatiga e’tiqod qiluvçi insonlar istiqomat qiladi. Ammo ötkazilgan sörovnomalarga köra, ularning köpçiligi şayx Bahouddin Naqşband maqbarasining Buxoroda ekani haqida ma’lumotga ega emas.
2021 yil 15 aprel sanasidan boşlab «Uzbekistan Airports» AJ havo kemalariga xizmat körsatiş uçun yiğim va tariflarni pasaytiriş töğrisida qaror qabul qildi. Asosiy yiğim va tariflar örtaça 27 foizga pasaytirilib, Özbekiston aeroportlariga muntazam yölovçi reyslarini bajaradigan xorijiy aviakompaniyalar uçun qöllanadi. Bu qaror aviaçiptalar narxlariga ijobiy ta’sir qilişi kutilmoqda.
Pandemiyadan oldingi davrda soha rivojiga ijobiy ta’sir qilgan omillar
2021 yil 15 mart holatiga köra, fuqarolari uçun Özbekistonda vizasiz rejim joriy qilingan mamlakatlar soni 90tani taşkil qiladi. Oxirgi uç yil içida uşbu röyxatdagi davlatlar soni 10 barobardan oşiq köpaytirildi. Bu esa uşbu davrda turistlar oqimi deyarli 4 baravar oşişida muhim ahamiyat kasb etgan.
Şuningdek, mamlakat sayohat qiliş uçun eng xavfsiz mamlakatlar qatoriga kiradi. Bu sayyohlarni jalb qilişda katta ahamiyat kasb etadi.
Bayram kunlari oldidan qöşimça dam oliş kunlari joriy qilinişi va transport narxlariga çegirmalar berilişi içki turizmning ham jonlanişiga olib keldi.
Turizmni qayta tiklaşda dunyo mamlakatlari qanday çoralarni amalga oşirmoqda?
Jahon sayyohlik taşkiloti joriy yilning birinçi çoragi yakunlari böyiça e’lon qilgan ma’lumotlarga köra, 2021 yilning birinçi çoragida 2019 yilning mos davri bilan soliştirganda sayyohlar oqimi 85 foizga pasaygan.
Jahon sayyohlik taşkiloti 2019−2020 yillardagi holatlarni joriy yil bilan soliştirgan holda turizm sohasi uçun vaziyatning pessimistik va optimistik versiyadagi prognozlarini taqdim qildi:
Birinçi ssenariy iyul oyidagi tiklanişga işora qilmoqda, bu 2020 yilgi tarixiy eng past körsatkiçga nisbatan 2021 yilda turistlarning 65 foizga köpayişiga olib keladi. Bu holda sayyohlar oqimi 2019 yilda qayd etilgan darajadan 55 foiz pastroq böladi.
Ikkinçi ssenariy sentabr oyida potensial tiklanişni nazarda tutadi, bu ötgan yilga nisbatan kelganlarning 30 foizga köpayişiga olib keladi. Şunga qaramay körsatkiç 2019 yilgi darajadan 67 foizga past bölişini anglatadi.
Turizm sanoatining kelajagi emlaş jarayonining qay darajada keçişiga boğliq. Hozirda ba’zi hukumatlar töğridan töğri yoki sohaga imtiyozli kreditlar va kafolatlar orqali moliyaviy yordam körsatib kelmoqda. Xususan, Tailand içki turizmni rivojlantiriş uçun 700 million dollar mablağ ajratdi. Bundan taşqari, mamlakatda sarguzaşt va tibbiyot turizmini rivojlantirişga e’tibor kuçaytirilmoqda.
Yamaykada hukumat 10 ming sayyohlik işçilariga malakalarini oşirişga yordam beriş uçun bepul onlayn sertifikatlaş maşğulotlarini ötkazdi. Mamlakatda mehmonxona sanoatidagi xaridorlarga mahalliy fermerlardan tovarlarni töğridan töğri sotib oliş imkoniyatini beradigan onlayn platforma işga tuşirildi. Kosta-Rikada ekoturizmni rivojlantiriş böyiça davlat strategiyasi işlab çiqildi.
Pandemiya davri va undan keyingi dastlabki yillarda sohaning tiklanişi va rivojlanişida zamonaviy texnologiyalar muhim rol öynaşi mumkin. Ijtimoiy masofa saqlaş, gigiyena protokollari yaqin kelajakda saqlanib qolişi mumkinligi sababli, raqamli texnologiyalar orqali xizmat körsatişning yölga qöyilişi sohaga investitsiyalar tiklanişi uçun köprik böladi.