Jahon | 11:00 / 11.04.2021
7837
2 daqiqa o‘qiladi

BAA ilk bor fazoga arab ayolini jo‘natadi 

Foto: EPA-EFE

Birlashgan Arab Amirliklari fazoga jo‘natadigan navbatdagi 2 fazogir nomini e'lon qildi. E'tiborlisi, 4 ming nomzod ichidan tanlab olingan fazogirlardan biri ayol kishi. U fazoga yo‘l oladigan birinchi arab ayoli bo‘ladi.  

BAA bosh vaziri Muhammad bin Roshid Ol Maqtumning ta'kidlashicha, tanlab olingan bo‘lg‘usi fazogirlar – Muhammad al-Mulla va Nura al-Matrush yaqin orada NASA’ning astronavtlarni tayyorlash dasturiga qo‘shiladi.  

2019 yil 25 sentyabrda Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan «Soyuz-FG» raketasida BAAning birinchi fazogiri Hazza al-Mansuriy fazoga parvoz qilgandi. Unga parvozi davomida rossiyalik Oleg Skripochka va amerikalik Jyessika Mur hamrohlik qilgandi. 

Al-Mansuriy Xalqaro koinot stansiyasida 8 kun bo‘lgach, rossiyalik Aleksey Ovchinin va amerikalik Nik Xeyg bilan birga 3 oktyabrda «Soyuz MS-12» kemasida Yerga qaytgan. Al-Mansuriy koinotga parvoz qilgan ilk BAAlik fazogir va XKSda bo‘lgan ilk arab bo‘ldi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid