2021 yil 5 aprel kuni soat 19:00larda Namangan şahar, “Sohil” MFY, Bodomzor köçasida yaşovçi fuqaro tuman prokurori nomiga ariza bilan murojaat qilgan, deb xabar bermoqda Namangan viloyat prokuraturasi.

Fuqaro Çortoq tumani, “Bağrikenglik” MFY, Olmazor köçasi, 88-uyda onasi qaramoğida bölgan voyaga yetmagan qizi şu kuni ertalab Çortoq tuman XTBga qaraşli 47-sonli umumta'lim maktabiga ketib, qaytib kelmasdan bedarak yöqolganini ma'lum qilib, qizini topişda amaliy yordam berişni söragan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari ötkazilib, voyaga yetmagan fuqaroning yaşaş xonadoni közdan keçirilib, tegişli protsessual hujjatlar rasmiylaştirilgan.

Şundan söng, qizning şubhali bedarak yöqolişida uni qotillik jinoyati qurboni bölgan bölişi mumkinligini nazarda tutib, 6 aprel kuni tuman prokuraturasi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, 6 aprel kuni voyaga yetmagan fuqaroning jasadi Namangan şahar, “Şerbuloq” MFY, Şerbuloq köçasidan oqib ötgan “Katta Namangan” kanali ustidan ötgan köprik ostining suv oqimi past bölgan qismidan taşqi tan jarohatlarsiz topilgan.

Jinoyat işi böyiça olib borilgan tergov harakatlari davomida, voyaga yetmagan fuqaroni 5 aprel kuni soat 10:30larda kelinoyisi, 1999 yilda tuğilgan fuqaro maktabdan olib çiqib ketgani va Çortoq tumani, “A.Navoiy” MFY, M.Uluğbek köçasidan oqib ötgan “Katta Namangan kanali”ga olib borib, suvga itarib yuborgani aniqlangan.

Şunga köra, 1999 yilda tuğilgan fuqaro 6 aprel kuni jinoyat işida gumon qilinuvçi tariqasida iştirok etişga jalb qilinib, Jinoyat-protsessual kodeksning 221-moddasi tartibida uşlangan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda, deyiladi ma'lumotda.