AQŞ oziq-ovqat va dori vositalari nazorati boşqarmasi (FDA) tromboz paydo bölişi holatlari sababli Johnson & Johnson kompaniyasining koronavirusga qarşi vaksinasi bilan emlaşni töxtatib turişni tavsiya qildi.

«AQŞda J&J vaksinasi bilan 6,8 million dozadan ortiq emlaş amalga oşirildi. Kasalliklarning oldini oliş markazi (CDC) va FDA emlaşdan söng oğir turdagi tromblar paydo bölişi bilan boğliq oltita holatni örganmoqda», — deyiladi boşqarma tvitterida.

 Qayd etilişiça, trombozning bu turini davolaş oddiy holatlardagidan farq qiladi.

Kasalliklarning oldini oliş markazi uşbu holatlarni örganiş va ehtimoliy xatarini baholaş uçun maslahat qömitasi yiğilişini ötkazadi.

Avvalroq AstraZeneca vaksinasi bilan emlanganlarda tromboz paydo bölişi holatlari kuzatilgandi. Qator mamlakatlar bu vaksinadan foydalanişdan voz keçgan.