Yaponiya hukumati 2011 yil martida texnogen falokat yuz bergan “Fukusima-1” atom elektr stansiyasidagi radioaktiv moddalardan qisman tozalangan suvning katta hajmini okeanga oqizişga qaror qildi. Biroq Xitoy va Janubiy Koreya Yaponiyaning bu rejalaridan taşviş bildirmoqda.
Kyodo axborot agentligining xabar berişiça, stansiyada töplanib qolgan katta hajmdagi suvni okeanga oqiziş böyiça qaror boş vazir Yosixide Suga boşçiligida ötgan yiğilişda qabul qilingan.
“Suvning utillaştirilişi AESni foydalanişdan çiqarişda qoçib qutulib bölmaydigan muammo hisoblanadi”, deb aytgan Suga yiğilişda.
Martga kelib AES hududidagi tankerlarda 1,25 mln tonna tozalangan radioaktiv suv yiğilib qolgan. Suv stronsiy, deyteriy kabi radioaktiv moddalardan tozalangan, biroq uning tarkibida tritiy izotoplari qolmoqda. Suvni texnik jihatdan undan tozalaşning imkoniyati bölmayapti. AES operatori Tokyo Electric Power Company Holdings Inc. stansiyada tozalangan suv hajmi tobora ortib borayotgani va uni töplaş uçun joy 2020 yil kuziga kelib qolmasligidan ogohlantirgan.
Yaponiya hukumatida ta'kidlanişiça, stansiyadagi suv okeanga oqizilişi vaqtida JSST tomonidan içimlik suvi uçun örnatilgan me'yorga töğri keladi.
Suvning okeanga oqizilişiga tayyorgarlik 2 yilça vaqt oladi.
Yaponiya boş vazirining aytişiça, hukumat uşbu jarayonning xavfsizligi ta'minlanişini nazorat qiladi. Şuningdek, dengiz mahsulotlarida radioaktiv moddalar borligi tekşirib turiladi.
Biroq Xitoy va Janubiy Koreya “Fukusima”dagi suvning okeanga oqizilişidan taşviş bildirmoqda. Uşbu davlatlar bu jarayon odamlar va atrof-muhit xavfsizligi uçun bevosita va bilvosita ta'sir körsatişi mumkinligidan xavotirlanmoqda hamda Yaponiyani bunga mas'uliyatli yondaşişga çaqirmoqda.
2011 yil 11 martda Yaponiyada yuz bergan vayronkor zilzila va sunamidan keyin “Fukusima-1” AESda sovitiş tizimining işdan çiqişi oqibatida bir qator avariyalar yuz bergandi. Hukumat AES atrofidagi 20 km radiusdagi hududdan odamlarni evakuatsiya qilgan. Şuningdek, “Fukusima-1”dagi xavflilik darajasi maksimal darajaga yetgani e'lon qilingan. Bunday daraja öz vaqtida Çernobil AESda yuz bergan falokat vaqtida e'lon qilingan.

















