Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Beruniyda 999 dona kuchli ta'sir etuvchi dorini 20 mln so‘mga sotayotgan shaxs qo‘lga olindi
Beruniy tumanida kuchli ta'sir etuvchi dori vositasining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar bermoqda.
Vazirlik tomonidan 10 aprel kuni soat 21:00lar atrofida Beruniy tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi. Unda 20 mln so‘mga kuchli ta'sir etuvchi dori vositasini sotayotgan shaxs qo‘lga olingan.
Ma'lum bo‘lishicha, ushbu holatni Beruniy tumani Sh.Rashidov ko‘chasida yashovchi fuqaro B.G. sodir etgan. U Beruniy tumani «Shobboz» OFYda tadbirga jalb qilingan «shartli haridor»ga 20 mln so‘m pullar evaziga 100 konvalutada jami 999 dona «Tramadol-Lannaxer 50mg» yozuvli tabletkalarni sotayotgan vaqtida ushlangan.
Holat yuzasidan B.G.ga nisbatan Jinoyat kodeksning 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Eslatib o‘tamiz, bundan oldin Nukus va Ellikqal'ada giyohvand moddalar savdosiga chek qo‘yilgandi.
Mavzuga oid
11:59 / 25.03.2026
Toshkentda 800 mln so‘mlik noqonuniy dorilar ushlandi
10:43 / 19.03.2026
Misrning yuzga yaqin dori vositasi O‘zbekistonda mahalliylashtiriladi
08:52 / 19.03.2026
Namangan, Qashqadaryo va Samarqandda kontrafakt dori vositalari aniqlandi
11:44 / 05.03.2026