Surxondaryo viloyati Angor tumanida belgilangan me'yordan ortiq tezlikda harakatlanib kelgan haydovçi piyodalar yölakçasi ustida velosipedda ötayotgan şaxsni urib yuborgan. Oqibatda u vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, 2021 yil 13 aprel kuni M39 Almati-Toşkent-Termiz xalqaro avtomobil yölining Angor tumani hududidan ötuvçi 1437 kilometrida odam ölimi bilan boğliq yöl-transport hodisasi röy bergan.

Davlat raqami 75 C 376 MA bölgan «Neksiya» haydovçisi Termiz-Angor yönalişi böylab harakatlanayotib, tezlikni belgilangan me'yordan oşirgan va piyodalar yölakçasidan velosipedda ötayotgan, 1974 yilda tuğilgan şaxs O‘.R.ni urib yuborgan. Oqibatda, velosipedda harakatlangan şaxs oğir tan jarohatlari olib, şifoxonada vafot etgan.

IIB YHXB xodimlari tomonidan mazkur yöl-transport hodisasida maşina tezligi ölçanganda u belgilangan me'yordan juda yuqori bölgani va tormoz bergandan söng 38 metrga surilib borgani ma'lum bölgan.

Qayd etilişiça, hozirda mazkur hodisa yuzasidan Angor tumani IIB tomonidan suriştiruv olib borilmoqda.