Fond axborotiga köra, mazkur 50 tonna xurmo sotilmaydi, balki tölaligiça hududiy vakilliklar orqali muhtoj oilalarga tarqatilmoqda.
Avvaliga uşbu xurmolar Özbekistondagi diniy taşkilotlar, masjidlar va diniy ta'lim muassasalariga xayriya qilinişi rejalaştirilgan edi. «Vaqf» fondi rasmiysi bergan ma'lumotga köra, yakunda mevalarni aholining zaif qatlamlariga taqdim etişga qaror qilingan.
«Vaqf» fondi: Saudiya Arabistoni sovg‘a qilgan 50 tonna xurmo muhtojlarga tarqatilmoqda
— Kun.uz (@KunUzNews) April 13, 2021
➥ Batafsil: https://t.co/ma3kv8TBif pic.twitter.com/JIfWDCjDw2
Xabar qilinişiça, xurmolar yetim, nogironligi bor, boquvçisini yöqotgan kabi insonlar yaşovçi oilalarga ulaşilmoqda.

















