Xitoy taşqi işlar vaziri Çjao Litszyan yaponiyalik amaldorlarga «Fukusima-1» AESi suvidan içib körişni taklif qildi. U bu haqda özining Twitter sahifasida yozdi.

«Okean —Yaponiyaning çiqindi idişi emas, Tinç okeani esa Yaponiyaning kanalizatsiyasi emas. <...> Yaponiyalik amaldor bu suvni "içsa bölişi"ni aytdi, nega u öşa suvdan bir höplab körmayapti?» — deyiladi tvitda.

Şuningdek, Çjao Litszyan AQŞ Yaponiyaning «Fukusima-1» AESi suvlarini okeanga oqiziş rejasini ma'qullaganini aytdi.

«Ammo bu xalqaro hamjamiyat ma'qullaşini anglatmaydi. Agar AQŞ atrof-muhit muhofazasini qadrlasa, ikki yoqlama standart örniga zimmasiga mas'uliyat olişi kerak», — deya qöşimça qildi u.

Avvalroq Yaponiya hukumati 2011 yil martida texnogen falokat yuz bergan “Fukusima-1” atom elektr stansiyasidagi radioaktiv moddalardan qisman tozalangan suvning katta hajmini okeanga oqizişga qaror qilgandi.

Biroq Xitoy va Janubiy Koreya “Fukusima”dagi suvning okeanga oqizilişiga qarşi çiqmoqda.

2011 yil 11 martda Yaponiyada yuz bergan vayronkor zilzila va sunamidan keyin “Fukusima-1” AESda sovitiş tizimining işdan çiqişi oqibatida bir qator avariyalar yuz bergandi. Hukumat AES atrofidagi 20 km radiusdagi hududdan odamlarni evakuatsiya qilgan. Şuningdek, “Fukusima-1”dagi xavflilik darajasi maksimal darajaga yetgani e'lon qilingan. Bunday daraja öz vaqtida Çernobil AESda yuz bergan falokat vaqtida e'lon qilingan.