Prezident yiğilganlarga qarata Boğdod tumani tajribasini örganiş zarurligini va sinovli davrlar qanday yengib ötilganini aytib berdi.

“Boğdod tumaniga boşqa tumanlar hokimlari borib örganib kelyapti. Körgandirsizlar, bir qariç böş joy yöq, yerdan foydalaniş madaniyati bor Boğdodda. Mana şunday madaniyatni Past Darğom tumanida yölga qöya olmaymizmi? Bir pod'yezdlik uylar qurilyapti Boğdodda. Sizlar ham quringlar, bir oilani vatanli qilsangiz, qança duo qiladi sizlarni.

Yodingizda bölsa, Sardobadagi suv toşqinida aytgandim: “Hali şunday paytlar böladi, odamlar orasida “Nega bizning köçamizga şu suv kelmadi?” deydiganlar böladi, degandim. Mana, hamma şaroitlarini yaratib, köçirib çiqardik aholini. Xuddi men aytgan gaplarni aytganlar ham böldi.

Lekin men öşa paytdagi holatni körib juda qiynalgandim. Bu sinov qaydan keldi, deb öylangandim. Xudoga şukr, xalqimizning oldida yuzimiz yoruğ böldi”, deya prezidentning sözlaridan iqtibos keltirmoqda Kun.uz muxbiri.