Majmua Samarqand tumanidagi eşkak eşiş kanali böyida, 212 gektar maydonda qurilmoqda. Loyihaga köra, bu yerda 10 ta inşoot, jumladan, kongress xoll, mehmonxonalar, dam oliş maskanlari böladi.

Ayni paytda kongress xoll, “Abadiy şahar” karvon saroyi va 8 ta mehmonxona bunyod etilmoqda. Mehmonxonalarning ikkitasi 22 qavatli, beş yulduzli, qolganlari tört yulduzli böladi. Ayni paytgaça 726,3 mlrd sömlik quriliş işlari amalga oşirilgan.

Ma'lumki, Samarqandda mehmonxonalar köp bölişiga qaramay, sayyohlar köp kelganda örinlar yetişmay qoladi. Masalan, 2019 yilda şahardagi barça otellar band bölgan. Turizm rivojiga imkoniyat yaratilayotgani, 90 ga yaqin mamlakat fuqarolariga vizasiz rejim joriy qilingani turistlar oqimini köpaytirmoqda.

Rasmiylarga köra, qurilayotgan markaz turistik xabga aylanadi. Bu yerda xalqaro anjumanlar ötkaziş uçun ham keng şaroit böladi. Uni 2022 yilda foydalanişga topşiriş möljallangan.

Prezidentga mazkur yangi sayyohlik markazi imkoniyatlari, turistlarga körsatiladigan xizmatlar haqida ma'lumot berildi. Davlat rahbari markaz boşqaruvini samarali taşkil etiş, turizm sohasida mutaxassislar tayyorlaş böyiça topşiriqlar berdi.

«Xorijlik sayyohlarga bu loyihalarni çiroyli taqdim qiliş kerak. Loyiha bitişini kutiş kerak emas, köp sonli mehmonlar kelişiga hozirdan tayyorgarlik körişimiz kerak. Ular Özbekistonning şunday salohiyatini bilsin. Nafaqat bu yerdagi şaroit, balki uçib kelib-ketişlari uçun aeroport, logistika böyiça ham qulayliklar yaratiş lozim», – dedi Şavkat Mirziyoyev.

Şu yerda boş vazir örinbosari Aziz Abduhakimov Samarqandning turizm infratuzilmasini rivojlantiriş loyihalarini taqdimot qildi.

Samarqand şahrida ilk bor gastronomik köça, Samarqand tumani “Konigil” mahalla fuqarolar yiğinida Özbekistondagi birinçi turizm qişloği taşkil etildi. Bunday maskanlar sayyohlarning viloyatda qoliş vaqtini uzaytiriş bilan birga, hudud infratuzilmasini rivojlantiriş, aholiga daromad manbayi yaratişga xizmat qilmoqda.