Prezident, ijod va ixtisoslaştirilgan maktablarni rivojlantiriş agentligining job.piima.uz sayti işga tuşdi. Sayt agentlik tizimidagi maktablarda mavjud böş iş örinlari haqida töliq ma'lumot oliş va işga hujjat topşiriş imkonini beradi.

Toşkent şahrida Prezident, ijod va ixtisoslaştirilgan maktablarni rivojlantiriş agentligi tomonidan yaratilgan job.piima.uz saytining taqdimoti bölib ötdi

Agentlik axborot xizmati rahbari Dilfuza Sobirovaning ta'kidlaşiça, saytda Prezident, ijod va ixtisoslaştirilgan maktablar haqida barça ma'lumot joylangan. Saytdan maqsad 2021 yilda viloyatlarda oçiladigan 10ta Prezident maktabi va agentlik tasarrufidagi maktablarga malakali pedagoglarni jalb qiliş hisoblanadi.

Sayt orqali öqituvçilar agentlik tizimidagi maktablarda mavjud böş iş örinlari haqida töliq ma'lumotga ega bölişi, mavjud vakant böyiça işga hujjat topşirişi mumkin.

Saytning qanday işlaşi bilan agentlikning seleksiya va pedagoglar malakasini oşiriş bölimi boşliği Nargiza Qöçqorova taniştirdi.

Nargiza Qöçqorova

“Saytda Prezident, ijod va ixtisoslaştirilgan maktablardagi böş iş örinlari va lavozimga qöyiladigan talablar bilan tanişiş, anketani saytning özida töldiriş va jönatiş yölga qöyilgan. Ariza filtratsiyadan ötgaç, talabgorlarga sms-xabarnoma yuboriladi”, – dedi u.

Taqdimot davomida Prezident maktablari öqituvçilari uçun qöyiladigan talablar haqida Prezident maktablari bilan işlaş bölimi rahbari örinbosari Gavhar Eşimova töxtalib ötdi.

Gavhar Eşimova

Uning aytişiça, Prezident maktabiga hujjat topşiruvçi öqituvçilar eng kamida 2-darajali toifadagi bakalavr darajasida bölişi kerak. STEAM fanlarini öqitadigan ustozlar ingliz tilini kamida B2 darajada bilişi lozim.