Hukumat qarori bilan Özbekiston hududida atrof-muhit ifloslantirilgani va çiqindilar joylaştirilgani uçun kompensatsiya tölovlarini qöllaş tartibi töğrisida nizom tasdiqlandi.
Bu haqda Davlat ekologiya qömitasi axborot xizmati rahbari Ozod Rajabov AOKAda ötkazilgan brifingda ma'lum qildi, deya xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
Nizomga köra, kompensatsiya miqdori köpaytirilgan va imtiyozli turlarga bölinadi. Ya'ni sanoat korxonalariga atmosferaga çiqarilayotgan çang va gazlarni uşlab qoluvçi uskunalar joylaştirilgan bölsa, tölov miqdori kamaytiriladi. Aks holda oşiriladi.
«Oldin belgilangan bazaviy tarifga asosan, toğ-metallurgiya sohasidagi yirik kombinatlardan birining yillik kompensatsiya tölovi örtaça 313 mln sömni taşkil qilgan bölsa, yangi stavkalar böyiça hisoblanganda bu körsatkiç 1 mlrd 75 mln sömga yetişi kutilmoqda.
Suv obektlari, joy relefi, kanalizatsiya tarmoqlaridagi ifloslantiruvçi moddalarni taşlaganlik, çiqindilarni joylaştirganlik uçun belgilangan kompensatsiyalarning bazaviy stavkalari avvalgi körsatkiçlardan deyarli özgartirişsiz qoldirildi.
Sanoat korxonalaridagi çang-gazlarni tozalaş uskunalari eskirgan. Hozirda faoliyat körsatayotgan sanoat korxonalarida mavjud ana şunday uskunalarning samaradorligi atigi 86 foizni taşkil etmoqda. Qonunda samaradorligi 99 foizdan kam bölmagan qurilmalar örnatişni ta'minlaş belgilangan.
Biroq atrof-muhitga çiqarilgan zararli moddalarning kompensatsiyasi miqdori yuqori bölmagani sababli korxonalarning aksariyati ekologiya va atrof-muhitni himoya qiliş maqsadida zamonaviy tozalaş uskunalari örnatiş örniga bunday zarar keltirganlik uçun kompensatsiya tölovlarini tölaşni afzal körayotgan edi. Endi işlab çiqaruvçilar uçun korxonadan çiqayotgan çang va gazlarni uşlab qoluvçi uskunalar örnatiş kompensatsiya tölaşdan köra arzonga tuşadi va atrof-muhit uçun ham foydali böladi», dedi u.
Ma'lum qilinişiça, mazkur nizom talablari 2021 yil 15 iyuldan boşlab kuçga kiradi. Hujjatda belgilangan çora-tadbirlar bajarilsa, 2030 yilgaça atmosferaga zararli moddalar çiqarilişi 10 foizga kamayişiga erişiladi.













