Özbekiston metallurgiya kombinati (Özmetkombinat), Olmaliq va Navoiy toğ-metallurgiya kombinatlari yaqin yillar içida IPO – aksiyalarni dastlabki ommaviy joylaştirişni ötkazişi lozim. Bu haqda Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev qarorida aytilgan.

2019 yil 1 iyuligaça toğ-metallurgiya tarmoğining yirik kompaniyalarini mahalliy va xalqaro fond birjalarida aksiyalarni dastlabki va ikkilamçi joylaştiriş yöli bilangina investorlarni jalb qilişni közda tutuvçi isloh qiliş va rivojlantiriş konsepsiyasi işlab çiqiladi.   

Tasdiqlangan jadvalga köra, “Özmetkombinat” AJ aksiyalarini 2022 yilda, “Olmaliq TMK” AJ 2023 yilda, aksiyadorlik jamiyatiga aylantiriladigan “Navoiy TMK” 2023 yilda joylaştirişi kerak. 

Öz navbatida NTMKning qayta taşkillaştirilişi 2019 yil 1 dekabrgaça yakunlanişi lozim. Şavkat Mirziyoyev uşbu korxonaning davlat uluşini tanlov asosida professional boşqaruvçi kompaniyalarga işonçli boşqaruvga beriş masalasi böyiça takliflar kiritişni topşirgan.  

2019 yildan boşlab toğ-metallurgiya tarmoği korxonalariga moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga muvofiq moliyaviy hisobot tuziş va xalqaro auditorlik kompaniyalarini jalb qilgan holda mustaqil taşqi audit ötkaziş majburiyati qöyildi.  

Kelgusi yillarda korxonalar hisobga oliş va hisobot böyiça xalqaro standartlar tamoyillari va talablariga muvofiq korporativ ma'lumotni oşkor qiliş tizimini tatbiq qilişlari lozim.