Joriy yilning 8-11 noyabr kunlari Samarqand şahrida Turkiy davlatlar taşkiloti sammiti ötkazilişi munosabati bilan Samarqand xalqaro aeroporti vaqtinça yopilişi aytilgandi.
«Uzbekistan Airways» AJ axborot xizmatining xabar berişiça, Samarqand xalqaro aeroportining texnik sabablarga köra joriy yil 2022 yil 8 noyabr soat 00:01dan 12 noyabr soat 00:01gaça «Uzbekistan Airways» AJning rejalaştirilgan bir qator qatnovlari Navoiy şahri aeroportidan amalga oşiriladi. Jumladan:
- HY045/046 Toşkent – Samarqand – Toşkent;
- HY9605/9606 Samarqand – Moskva – Samarqand;
- HY639 Samarqand – Sankt-Peterburg;
- HY639/640 Samarqand – Sankt-Peterburg – Samarqand;
- HY275/276 Samarqand – Istanbul – Samarqand aviaqatnovlarining yetib kelişi va jönab ketişi Navoiy xalqaro aeroportidan amalga oşiriladi.
Şuningdek:
- HY 049/050 Andijon – Samarqand – Andijon;
- HY072/071 Farğona – Samarqand – Farğona aviaqatnovlari esa bekor qilinadi.
«Yölovçilar bekor bölgan parvozlar çiptalarining töliq qiymatini çipta sotib olingan joyda qaytarib olişlari yoki boşqa sanaga bepul qayta bronlaş huquqiga ega. Vaqtinçalik noqulayliklar uçun uzr söraymiz. Töğri tuşunişingizga umid qilamiz», deyiladi xabarda.


















