Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda qariyb 15 mingta hujjatsiz qurilgan obektlar aniqlandi
Ayni paytda respublika bo‘ylab qishloq xo‘jaligi yerlarida xatlov o‘tkazilmoqda. Xususan, Qashqadaryo viloyatida noyabrda boshlangan jarayon nihoyasiga yetdi.
Davlat kadastrlari palatasi raisi Mohir Valiyev Qashqadaryoda o‘tkazilgan xatlov jarayoni to‘g‘risida ma'lumot berdi, deya xabar qilmoqda Kun.uz muxbiri.
Qayd etilishicha, viloyatda 3 oy davomida xatlov o‘tkazilgan va bunga 600 dan ortiq kadastr xodimlari jalb qilingan.
«Xatlov ishlari yuridik va jismoniy shaxslar qishloq xo‘jaligi yerlarida o‘zboshimchalik bilan qurilish qurilmalari egallagani, ko‘p ko‘chmas mulklar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagani, soliq va kadastr organlari bazalarida tafovutlar borligi, yerlarning tendersiz ajratilish holatlari borligi sabab o‘tkazilmoqda.
Xatlovni Qashqadaryodan boshlaganimizning sababi, viloyat maydoni 2,8 mln gektar bo‘lsa, faqatgina 6 foizi yoki 152 ming gektari davlat ro‘yxatidan o‘tgan xolos. Ya'ni 94 foiz yerlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan.
Hududda hech qanday hujjatsiz uy-joylar yoki boshqa obektlar qurib olish hollari kuzatilgan.
Xususan, qariyb 5 ming gektar yerda 15 mingga yaqin yangi qurilgan obektlar aniqlandi. Ular hech qanday hujjatsiz qurilgan. Shu bilan birga, 445 gektar maydonda 18 mingdan ortiq qo‘shimcha qurilmalar aniqlangan.
Hozirda Farg‘ona va Toshkent viloyatida xatlov jarayoni ketyapti. Bu hududlarning 50 foizi xatlovdan o‘tkazib bo‘lindi», dedi palata rasmiysi.
Ma'lum qilinishicha, ayni paytda O‘zbekistonda 2 mln 300 ming obekt davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan.
Mavzuga oid
09:31 / 13.06.2026
Ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan “soxta prokuror“ ushlandi
17:18 / 08.06.2026
Qashqadaryodagi portlashda 6 kishi halok bo‘lgan
15:27 / 08.06.2026
Qashqadaryoda gaz quyish shoxobchasida portlash ro‘y berdi
19:31 / 04.06.2026