O‘zbekiston | 05:01 / 22.04.2021
30499
2 daqiqa o‘qiladi

Bosh prokuratura Toshkent tumanidagi maktab direktori ustidan ochilgan jinoyat ishini nazoratga oldi

Kun.uz 21 aprel kuni «Maktab oldidagi qurilishga qarshi chiqqan direktorga jinoyat ishi ochildi. Prokuratura aybsizlik prezumpsiyasini buzdi» sarlavhali maqola e'lon qildi.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi shu kuni bildirish chiqarib, maqolada ko‘rsatilgan vajlar har tomonlama o‘rganib chiqilishini ma'lum qildi.

Tergov harakatlari Bosh prokuratura nazoratiga olingan.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent viloyati Toshkent tumanida ochilgan jinoyat ishida tumandagi 26-maktab direktori 173 million so‘mni talon-toroj qilganlikda gumonlanmoqda.

Toshkent viloyati prokuraturasi mazkur jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlangani haqidagi rasmiy xabarida gumondor 173 mln so‘mni rastrata qilganini ta'kidlagan.

Direktor Saida Hoshimova Kun.uz'ga murojaat qilib, bu holatda prokuratura aybsizlik prezumpsiyasini buzgani, jinoyat ishi ayrim shaxslarning g‘arazli maqsadlarini amalga oshirish uchun atayin uyushtirilgani, taftish noxolis o‘tkazilgani haqida gapirib bergandi.

Mavzuga oid