Britaniyaning Cable.co.uk portali dunyo mamlakatlarida mobil internet narxlari töğrisidagi ma'lumotlarni e'lon qildi.
Unga köra, mobil internet arzonligi böyiça 2021 yilgi reytingda Özbekiston 230 mamlakat orasida 21-örinni egalladi.
Portalda qayd etilişiça, 2021 yil 23 fevral holatiga Özbekistonda 1 Gb mobil internet narxi örtaça 60 sentni taşkil etadi.
Cable.co.uk mamlakatda mobil internet narxi yildan yilga pasayib borayotganini qayd etgan. Unga köra, 2019 yilda Özbekistonda 1 Gb mobil trafik narxi örtaça 3,3 dollar, 2020 yilda esa örtaça 1,3 dollar bölgan.
2021 yilgi reytingda birinçi örinni Isroil band qilgan, bu yerda 1 Gb mobil internet örtaça olganda bor-yöği 5 sent turadi. Ikkinçi örinda – 15 sent narx bilan Qirğiziston.
Yuqori beşlikda Fiji (19 sent), Italiya va Sudan (har ikkisida – 27 sent) qayd etilgan. Rossiya oltinçi (32 sent), Qozoğiston esa Özbekistondan bitta oldin – yigirmançi (59 sent) örindan joy olgan.
1 Gb mobil internetning örtaça narxi Turkmanistonda 21,4 dollar, BAAda 7,6 dollar, Şveytsariyada 5 dollar, Janubiy Koreyada 4,7 dollar, AQŞda 3,3 dollar, Tojikistonda 2,6 dollar ekani qayd etilgan.
Özbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligining izohlaşiça, Cable.co.uk portali tahlil qilinayotgan mamlakatdagi barça aloqa operatorlarining 1 Gb mobil internet trafik narxlari haqida ma'lumotlarni olib, ularning örtaça qiymatini (mediana) belgilaydi va reytingga kiritadi.
Tahlil uçun asosan internet xizmatidan foydalaniş uçun möljallangan tarif rejalar va xizmatlar haqidagi ma'lumotlar olingan, deya aniqlik kiritgan vazirlik.
AKT vazirligi mart oyida Özbekistonda 1 gigabayt mobil internet örtaça narxi 6-7 ming söm ekanini












