«Samarqand xalqaro aeroporti yangi terminal işga tuşgaç, yiliga 1,5 million yölovçiga xizmat qiliş imkoniga ega böladi. Samarqand aeroporti hozirgaça 2019 yil eng köp – 390 mingga yaqin yölovçiga xizmat qilgan. Bu yil esa terminal uzoq vaqt işlamagani uçun atigi 165 ming yölovçi harakatlanişi kutilmoqda. Aeroportda «beşinçi darajali havo erkinligi» tizimi amalda böladi. Bu Samarqandning öziga xos habga aylanişiga imkon beradi va Samarqand aeroporti Özbekistonning sayyohlik darvozasiga aylanadi.

Xalqaro aviakompaniyalar Samarqand aeroporti orqali parvozlarni amalga oşirişga tayyorligini bildirdi. Biror hudud transport habiga aylanişi uçun avtobus, temir yöl va aviaqatnov yaxşi taşkillaştirilişi kerak. Samarqandda ham avtobus, ham temir yöl qatnovi mavjud bölgan yöl atigi 820 metrni taşkil etadi. Samarqandda butun respublika böyiça avtobus qatnovlarini amalga oşiriş böyiça rejalar ham bor», dedi Abduhakimov.

Turizm va sport vazirining aytişiça, vazirlik Saudiya Arabistonida vakolatxona taşkil etmoqçi. Uning vazifalari «Umra+» dasturi böyiça Malayziya, Indoneziya, Hindiston, Pokiston kabi davlatlardan Hajga boradiganlarning yönalişini aynan Samarqand yoki Buxoro orqali amalga oşiriş böladi. Ya'ni vakolatxona aynan şu davlatlar fuqarolari orasida Samarqand va Buxorodagi ziyorat turizmini tarğib qiladi.

Samarqandda turizmni rivojlantiriş uçun mehmonxonalar juda zarur hisoblanadi. Hududdagi turistik rejalarga köra, 2025 yilgaça 94 ta mehmonxona quriladi. Umumiy hisobda mehmonxonalar borasida 220 ta loyiha bor. Turistik qişloqlarni taşkil etiş ham davom ettiriladi. Urgut tumanidagi Tersak qişloği, Payariq tumanidagi Çoştepa qişloqlari xuddi Samarqand tumanidagi Konigil qişloği kabi turistik qişloqqa aylantiriladi.

Aziz Abduhakimovdan Samarqand şahri ŞHT sammitiga qançalik tayyorligi haqida söradik. Uning aytişiça, asosiy vazifa aynan qandaydir tadbir uçun şaharni ta'mirlaş emas, doimiy sayyohlik infratuzilmasini yaratiş. Turizm vaziriga köra, Samarqand şahridagi 83,4 km yölni ta'mirlaş uçun 978,9 milliard söm ajratiladi. Şuningdek, 103 km elektr tarmoqlari rekonstruksiya qilinadi, 25 km içimlik suvi tarmoqlari, 14,1 km gaz tarmoqlari tortiladi.