Senatning budjet va iqtisodiy islohotlar böyiça qömita raisi Erkin Gadoyev bank tizimidagi salbiy holatlar kuçayişining oldini oliş hamda tijorat banklarida likvidlilik körsatkiçlarini mustahkamlaş, tölovlar uzluksizligini ta'minlab boriş maqsadida bir neçta çoralar körilişini ta'kidladi. Xususan:
- banklarda mijozlar oldidagi majburiyatlarni öz vaqtida bajariş hamda iqtisodiyotda yuzaga kelişi mumkin bölgan xatarlarga banklarning bardoşliligini oşiriş uçun har bir bankda bosqiçma-bosqiç pul mablağlari zaxiralarini şakllantiriş;
- banklar tomonidan korporativ kreditlarni ajratişda ehtiyotkor kredit siyosatini yuritiş, şu jumladan, faqatgina aniq moliyalaştiriş manbalariga ega mijozlarga kredit ajratiş çoralari körilişi;
- ajratilgan kreditlarni ustuvor ravişda avval berilgan kreditlarning qaytişi hisobidan amalga oşiriş orqali kredit qöyilmalari ösişining YaIM nominal ösişi doirasida şakllanişini ta'minlaş;
- banklar tomonidan 2020 yil yakunlari böyiça olingan sof foydani banklar kapitalini oşirişga yönaltiriş orqali banklarning kapital buferini maqbul darajada saqlab qolişga şaroit yaratiş;
- loyihalarni moliyalaştirişda ularning samaradorligi, qöşimça qiymat va yangi işçi örinlari yaratiş imkoniyatlariga alohida e'tibor qaratgan holda loyiha taşabbuskorlarining kamida 30 foiz öz mablaği bilan iştirok etiş böyiça örnatilgan talabga qat'iy rioya etilişiga erişiş;
- kreditlaş hajmini banklarning moliyaviy holatidan kelib çiqqan holda ularning yillik biznes-rejalarida belgilab oliş hamda bank kengaşlari tomonidan biznes-reja parametrlarining bajarilişini qat'iy nazoratga oliş kabi makroprudensial çoralarni köriş;
Şuningdek, qömita raisi tijorat banklari xorijiy valutada mablağlar jalb qilişda ehtiyotkor siyosat yuritişi hamda kreditlaşning asosiy qismini milliy valutada amalga oşiriş çoralarini köriş zarurligini ta'kidladi.
Eslatib ötamiz, keça asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida özgarişsiz qoldiriş töğrisida qaror qabul qilindi.
Avvalroq, Markaziy bank raisi imtiyozli kreditlar korrupsiya holatlarini oşirişini ta'kidlagani xabar qilingan edi.
















