Buxoro şahar içki işlar organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş boşqarmasiga ariza bilan murojaat qilgan 1989 yilda tuğilgan T.Ş. ismli erkak, şaharning Jöybor köçasida yaşovçi 1988 yilda tuğilgan H.S. ismli ayol firibgarlik yöli bilan pulini olib ketgani haqida ma'lum qilgan.

Buxoro viloyati IIB xabariga köra, H.S. özini «folbin» deb taniştirib, T.Ş.ning yöllari duo qiliş yöli bilan boğlanganligini, agarda u aytgan pullarni bersa boğlangan yöllarini oçib berişini va'da qilgan. Söngra turli töqilgan yolğonlarga T.Ş.ni işontirib, uning 3 000 AQŞ dollari miqdorida pullarini qölga kiritgan.

Buxoro şahar IIB tomonidan mazkur firibgarlik jinoyatini sodir qilganlikda ayblanayotgan ayolning qilmişlari foş qilindi. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.