22 aprel kuni Markaziy bank asosiy stavkasi böyiça boşqaruv yiğilişining qarori böyiça matbuot anjumani bölib ötdi. Unda MB rahbariyati Kun.uz muxbirining inflatsiyani targetlaş böyiça savollariga javob qaytardi.
Bank raisi Markaziy bank ta'sir körsata olmaydigan va boşqara olmaydigan barça omillar rejalarni buzib yuborişi mumkinligini ta'kidladi.
«Nomonetar omillar bevosita Markaziy bankka boğliq emas. Oziq-ovqat mahsulotlarining dunyo bozorida özgarişi içki bozorga ham ta'sir qiladi. Şu örinda bir narsani aytiş kerak, hozirgi kunda göşt mahsulotlari böyiça narxlar barqarorlaşganini kuzatyapmiz. Ayrim hollarda közimiz tuşadi: göşt narxlarining pasaytirib sotiş holatlari bor. Ötgan yil 1 çorakda 8,5 ming qoramol olib kirgan bölsak, bu yil qoramol importi 4 barobarga köpayib, 32 mingga yetdi. Faqat Markaziy bankning xatti-harakati inflatsiyani töliq boşqarişga imkon bermaydi, taşqi omillar ham ta'sir qiladi. Bunda taşqi hamkorlar, taşqi jahon bozoridagi narx-navo özgarişi öz aksini topadi. U yerda Markaziy bankning monetar instrumentlari işlamaydi», dedi u.
Şuningdek, markaziy bank raisi örinbosari Behzod Hamroyev inflatsiyani targetlaşda Markaziy bank instrumentlari yetarli ekanini ta'kidladi.
«Inflatsiyani targetlaşda Markaziy bank instrumentlari yetarli, çunki inflatsiyaga nafaqat monetar omillar, balki nomonetar omillar ham ta'sir qiladi.
Nomonetar omillarga qanday qilib Markaziy bank ta'sir qila oladi? 2019 yil noyabrda inflyatsion targetlaş rejimiga ötiş böyiça qaror qabul qilingandi. Unda nafaqat MB pul-kredit siyosati, balki butun iqtisodiyot inflyatsion targetlaş siyosatiga ötayotgani körsatib ötilgan. Raqobatni rivojlantiriş, işlab çiqarişni köpaytiriş va işlab çiqariş xarajatlarini kamaytiriş... umuman, nomonetar omillar böyiça har bitta vazirlikka vazifalar belgilab berilgan», dedi Markaziy bank raisi örinbosari.
Avvalroq, Markaziy bank raisi imtiyozli kreditlar bank tizimida korrupsiyaga moyillikni oşirişini ta'kidlagani xabar qilingan edi.
Şuningdek, keça, 22 aprel kuni Markaziy banki boşqaruvi yiğilişi bölib ötdi. Unda asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida özgarişsiz qoldiriş töğrisida qaror qabul qilindi.















