AOKAda bölib ötgan brifingda Xalq ta'limi vazirligi matbuot kotibi Laylo Rustamova ijtimoiy tarmoqlar orqali yuborilgan savollarga javob berdi.
Qanday holatda maktablar onlayn ta'lim şakliga ötkazilmoqda va onlayn ta'lim qança davom etadi?
Joriy yilning 18 aprelidan Respublika maxsus komissiyasi qaroriga asosan yurtimizda karantin qoidalariga qat'iy amal qilinişini nazorat qiliş tadbirlari yanada kuçaytirildi.
Maktablarda öqituvçi va öquvçilari orasida koronavirus infeksiyasini yuqtiriş holatlari aniqlangan taqdirda, Sanitariya-epidemiologik xizmat markazlari tuman (şahar) xalq ta'limi bölimi va tuman (şahar) hokimligiga taklif kiritib, Xalq deputatlari tuman (şahar) Kengaşlari yoki hududiy komissiya qarorlari bilan ayrim maktablarning faoliyati vaqtinça töxtatilib, 2 haftaga karantinga olinmoqda. Uşbu vaqt mobaynida mazkur maktablar onlayn tartibida faoliyat yuritadi.
Ma'lumot uçun: Bugungi kun (22 aprel holatiga köra, respublika böyiça jami 10008 ta maktabdan 163 tasi, ya'ni 1,6 foiz maktablar masofaviy ta'lim şakliga ötkazilgan, ya'ni karantinga olingan. Bu raqamlar Sanitariya-epidemiologik xizmat markazlarining talabnomalaridan kelib çiqib, özgarib boradi.
Masofaviy ta'lim şakliga ötkazilgan öquvçilarga Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikda “Onlayn maktab” loyihasi yölga qöyilgan.
2020-2021 öquv yili uçun “Onlayn maktab” ruknida jami 17298 ta televizion darslar özbek, rus va qoraqalpoq tillarida tasvirga olingan va ulardan 15362 tasi efirga uzatilgan.
Mazkur jarayonga 218 nafar tajribali fan öqituvçilari, 12 nafar surdo-tarjimon, 33 nafar muharrirlar jalb qilingan.
“Onlayn maktab” ruknidagi televizion darslar joriy yilning 25 mayiga qadar mazkur telekanallarda efirga berib boriladi. Şuningdek, uzeduonlinemaktab telegram kanali orqali öquvçilar uçun darslarni qayta körib çiqiş imkoniyatlari ham mavjud.















