22 aprel kuni «UzAuto Motors» AJ jahon moliya bozori iştirokçilariga 300 mln AQŞ dollari miqdoridagi xalqaro obligatsiyalari çiqarilişini va investorlar bilan telekonferensiyalar ötkazilişini e'lon qildi.

Kompaniya matbuot xizmati xabar berişiça, jarayon Özbekiston Moliya vazirligi yordamida amalga oşiriladi.

Savdolarni bank-anderrayterlar Citi (AQŞ), MUFG (Yaponiya), Natiksis (Fransiya) va Raiffeisen Bank Internationl (Avstriya) kabi xalqaro miqyosdagi yetakçi banklar taşkillaştiradi.

Kompaniyaga köra, «UzAuto Motors»AJ xalqaro obligatsiyalarni çiqariş maqsadida «S&P» va «Fitch» xalqaro reyting agentliklaridan «B+» (barqaror kutilma bilan) bahosiga ega böldi.

«Joriy yilning 22-27 aprel kunlari xalqaro investorlar uçun telekonferensiya (Global Investor Call) ötkaziş va «yakkama-yakka» (one-on-one) formatida telekonferensiyalar davom etişi rejalaştirilgan hamda mazkur tadbirlarda bir qator davlatlar xalqaro investorlarining iştirok etişi kutilmoqda.

Xalqaro investorlar qiziqişlari va moliya bozorlarining holatidan kelib çiqib, keyingi kunlarda buyurtmalar kitobi oçilişi va xalqaro obligatsiyalarning foiz stavkasi belgilanişi kutilmoqda», deyiladi xabarda.

Ma'lum qilinişiça, 2018-2020 yillarda Moliya vazirligi, «Özsanoatqurilişbank» ATB, «Özmilliybank» AJ va «Ipoteka bank» ATIB tomonidan xalqaro obligatsiyalar çiqarilib, 2,65 mlrd AQŞ dollari miqdoridagi mablağlar xorijiy investorlardan jalb qilingan.

Mazkur tranzaksiya Özbekiston korporativ emitentlari orasida çiqarilayotgan birinçi xalqaro obligatsiya hisoblanadi.

Avvalroq, «Ipoteka bank» Özbekiston banklari orasida birinçilardan bölib xalqaro moliya bozoriga milliy valutada yevroobligatsiya çiqarişga muvaffaq bölgani xabar qilingandi.

Unda 785 mlrd söm (75 mln AQŞ dollari ekvivalenti) miqdoridagi yevroobligatsiyalari xalqaro Vena fond birjasida yillik 16 foiz (16,5 foiz effektiv) kupon stavkasi asosida muvaffaqiyatli joylaştirişga erilişilgani bildirilgan.