«Obnal işi» yuzasidan hududlarda tadbirkorlar arizasiga binoan sud jarayonlari bölib ötmoqda. Soliq qömitasi bu masala yuzasidan soliq organlari xatti-harakatlari qonuniyligi sudlarda isbotlanayotganini ta'kidlamoqda.
«Davlat soliq qömitasi tomonidan qöşilgan qiymat soliğini tölaşdan qoçiş «sxema»lariga qarşi boşlangan faol harakatlarda qonunçilik talablariga qat'iy rioya etilganligi sud jarayonlarida ham öz tasdiğini topmoqda. Xususan, Farğona, Buxoro, Sirdaryo viloyatlarida iqtisodiy sudlarning hal qiluv qaroriga asosan 4ta holatda davlat soliq xizmati organlarining xatti-harakatlari qonuniyligi isbotlangan», - deyiladi qömita rasmiy xabarida.
Şuningdek, tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan ma'muriy sudlarga kiritilgan 14ta şikoyat arizalari böyiça iş yuritiş keltirilgan vajlarning asossiz ekanligi sababli tugatilgan, 1ta holatda körmasdan qoldirilgan va 1ta holatda ma'muriy sud hal qiluv qarori bilan şikoyat arizasini qanoatlantiriş rad etilgan.
Şuningdek, DSQ tadbirkorlik sub'yektlari va soliq organlari örtasida bölib ötgan sudlardan ayrim misollarni keltirdi.
«Davlat soliq qömitasi tomonidan Namangan viloyatida röyxatdan ötgan «Namangan Export Company» MÇJ budjetga haqiqatdan tölanmagan 6,5 mlrd söm qöşilgan qiymat soliğini asossiz hisobga olganligi aniqlangan. Tadbirkorlik sub'yekti Namangan tumanlararo ma'muriy sudiga şikoyat arizasi berib, soliq organlarining jamiyat hisobraqamiga inkasso topşiriqnomasini qöyişda ifodalangan xatti-harakatlarini qonunga xilof deb topişni söragan.
Mazkur iş yuzasidan sud muhokamasi 2021 yil 22 aprel kuni yakunlandi va sudning hal qiluv qarori qabul qilindi. Unga köra, tadbirkorlik sub'yektining şikoyat arizasini qanoatlantiriş rad etilgan», - deyiladi qömita axborotida.
Avvalroq, soliq organi va tadbirkorlar örtasida Toşkent şahrida ham sud boşlangani va jarayon tomonlarning bahsi bilan davom etayotgani yuzasidan xabar berilgan edi.
Şuningdek, 1 aprel kuni Sardor Umrzoqov boşçiligida Buxoroda bölib ötgan hukumat komissiyasi qaroriga muvofiq, Buxorodagi 900ta tadbirkorlik sub'yektidan «obnal işi» böyiça soliq undiruvini bekor qiliş borasida qaror qabul qilingani











